“Dell Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 4-7-mart kunlari O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining delegatsiyasi vazir Sherzod Shermatov boshchiligida va IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov ishtirokida Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O'zbekistonga xorijiy kompaniyalarni jalb etish va hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

AQShda “Dell Technologies” kompaniyasining Global Public Policy vitse-prezidenti Daniel Green va GovSmart Inc bosh direktori Brent Lillard bilan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuv chog‘ida “Dell Technologies” kompaniyasining sun’iy intellektga asoslagan, zamonaviy dasturlash tizimlari talabiga javob beradigan hamda yuqori texnologik kompyuterlari bilan ta’minlash orqali O‘zbekiston yoshlari uchun AQSH bozoriga masofaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.  

Jumladan, Toshkent shahrida tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazida IT yo‘nalishidagi xorijiy kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlardan kelib chiqib, “Dell Technologies” kompaniyasining rasmiy ofisini O‘zbekistonda ochish muhokama etildi.

Mazkur kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Raqamli texnologiyalar vazirligi va “GovSmart, Inc” kompaniyasi o‘rtasida majburiyat xati imzolandi.

2024-03-08