Demo Day: Bank sektorini startaplar bilan integratsiya qilish

31-may kuni AloqaBank binosida (IT Park majmuasi) Oʻzbekistonning yetakchi tijorat banklari ishtirokida navbatdagi muhim tadbir boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv ikkinchi marta oʻtkazildi, birinchisi 14-may kuni boʻlib oʻtgandi. Bu kabi uchrashuvlarning asosiy vazifasi bank sektorini mamlakat venchur va startap ekotizimining jadal oʻsishiga faol jalb qilishdir.

Tadbir doirasida pitch-sessiyalar oʻtkazildi, unda Oʻzbekistonning yirik banklari istiqbolli startap-loyihalar bilan tanishib, ularga sarmoya kiritish va bank tuzilmasiga integratsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Taqdim etilgan startaplar orasida TezService.uz, Didox.uz, Link Home, Delever, Faktura.uz va iCan bor edi.

Bundan tashqari, “Plug and Play” kompaniyasi “Banklar va startap loyihalar oʻrtasidagi hamkorlik modellari: Oʻsish salohiyati” mavzusida taqdimot qildi.

Pitch-sessiya chogʻida bank rahbarlari va startap asoschilari oʻzaro tajriba almashib, hamkorlik rejalari va investitsiya soʻrovlarini muhokama qilishdi.

Kelgusi pitch-sessiyalarida ishtirok etishni istagan startaplar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin: Roʻyxatdan oʻtish havolasi.

Saralab olingan startap loyihalar bilan mutaxassislar qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bogʻlanishadi.

Talablar: allaqachon ishlab chiqilgan MVP va sotuvlarga ega startaplar.

Tadbir oʻtkaziladigan joy: Aloqabank binosi (IT Park majmuasi)

2024-05-31