Denis Kalishkindan startapchilar uchun seminar

6-iyul, soat 17:00 da IT Park tashabbusi bilan “Startap bozorini baholash usullari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Amerikaning I2BF Global Ventures venchur fondining sarmoya bo'yicha direktori Denis Kalishkin ishtirok etadi.

Spiker seminar davomida bozorni tanlashda qanday xususiyatlarni e’tiborga olish kerakligi, shuningdek, AQSh, Lotin Amerikasi va MDH mamlakatlari startaplari uchun bozor tahlili misollariga oid ma’lumotlar bilan bo’lishadi.

Tadbir rus tilida olib boriladi.Manzil: IT Park Toshkent filiali (Maxtumquli ko‘chasi, 1A).

Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://bit.ly/3y8J6Wb

Spiker haqida ma'lumot:
 • Asosiy e'tibor “seed” va A bosqichidagi startaplarga qaratilgan I2BF Global Ventures (https://i2bf.com/), Amerika venchur kapitali fondining investitsiya bo’yicha direktori;
 • Vertical SaaS, Industry 4.0, mashinasozlik, avtomatlashtirish, RPA, robototexnika, AR/VR, DeepTech va kosmik texnologiyalarga 8 yil davomida sarmoya kiritgan;
 • AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozog'iston bozorlarida IT-kompaniyalar bilan ishlagan;
 • Denis shuningdek, IT-tadbirkorlar uchun ask-vc.ru media-loyihasi asoschisi bo'lib, unda mutaxassis taklif etilgan spikerlar bilan birgalikda biznesni rivojlantirish bo'yicha 65 ta amaliy vebinar o'tkazdi.

2022-07-01