UzVC Milliy venchur fondi o‘zining oltinchi startapi – depozit.uz fintech startapini 100 000 dollarlik chek bilan moliyalashtirdi.
Depozit.uz – bu moliyaviy supermarket, bank hamda moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarni tanlash, taqqoslash va buyurtma berish xizmati. Afzalligi shundaki, foydalanuvchi koʻp sonli bank saytlariga birma-bir kirib va kerakli xizmat haqida maʼlumot toʻplashi shart emas.
Startap kreditlar va boshqa moliyaviy mahsulotlarni olish jarayonini soddalashtiradi. Foydalanuvchilar o‘zlarining kredit layoqatliligidan xabardor bo‘lgach, depozit.uz platformasi qaysi bank ushbu miqdorni tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatib, besh daqiqa ichida kredit olish imkonini beradi.
Shuningdek, depozit.uz platformasida siz bank xizmatlari sifati boʻyicha reytinglar va izohlarni koʻrishingiz, shuningdek, bank-moliya sohasi mutaxassislariga qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin.
Depozit.uz foydalanuvchilarga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
2023-05-10