Edusession: Barcha uchun neyrotarmoqlar

29-iyun kuni soat 16:00 da Edusession doirasida navbatdagi tadbir boʻlib oʻtadi. Bu safargi uchrashuv onlayn tarzda oʻtkaziladi va “Barcha uchun neyrotarmoqlar” mavzusiga bagʻishlanadi.

Seminarni Zerocoder universiteti hammuassisi va bosh direktori Kirill Pshinnik olib boradi.

Maʼruza menejerlar, tadbirkorlar, startaperlar, HR menejerlari va talabalar uchun foydali boʻladi.

Vebinar ishtirokchilari quyidagilarni bilib oladilar:

  • SI biznesda hozirdan boshlab qanday vazifalarni bajarishi mumkin;
  • Biznes uchun SIʼdan foydalanishning 10ta usuli;
  • Zerocoder universitetida neyrotarmoqlar qanday vazifalarni oʻz zimmasiga oldi;
  • SI yordamida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli biznes yechimlarini koʻrib chiqish.

Seminar rus tilida olib boriladi. Vebinarda qatnashish bepul, arizalar 28-iyunga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.  

Zoom konferensiyasiga ulanish uchun havola:

https://us02web.zoom.us/j/82016639308?pwd=OGRDWWh0bDFFSFZ6L2N1cmN4OU93Zz09

Konferensiya identifikatori: 820 1663 9308

Maʼlumot uchun

Kirill PshinnikZerocoder universiteti hammuassisi va bosh direktori; Megaproryv.ru bosh direktori va hammuassisi; Unium.ru tijorat direktori; turizm biznesining bosh direktori va hammuassisi; megaplan.ruʼning savdo boʻyicha direktori, shuningdek, malakali investor va Moscow Seed Fund tomonidan akkreditatsiya qilingan.

2023-06-23