13-oktyabr kuni soat 12:00 da G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida Edusession doirasidagi “Biznesda sunʼiy intellekt: Global best practice” mavzusida navbatdagi uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Tadbir mehmoni VEON AdTech kompaniyasi bosh direktori Jorj Xeld boʻladi.
SI koʻplab sohalarda mustahkam oʻrnashib oldi va kompaniyalarning ishlash va boshqarish usullarini oʻzgartirmoqda. Uchrashuvda u biznesda sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha eng yaxshi global amaliyotlar, ularning tahlil va prognozlari haqida gapirib beradi. Ishtirokchilar, shuningdek, jarayonlarni robotlashtirish va mashinali oʻqitish, personallashtirilgan marketing va boshqalar haqida bilib olishadi.
Sessiya ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish bepul, arizalarni qabul qilish havola orqali 12-oktyabrgacha davom etadi.
Jorj Xeld telekommunikatsiya sohasida 20 yildan ortiq vaqt davomida Yevropa, yaqin va Oʻrta Sharq, Osiyo va Afrika mamlakatlarida raqamli xizmatlar va yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va rivojlantirish bilan shugʻullanadi.
Garvard biznes maktabi diplomi sohibi, Massachusets texnologiya institutida sunʼiy intellektni yaratish, joriy etish va boshqarish boʻyicha tahsil olgan. Shimoliy-Sharqiy universitetning (Boston, AQSh) MBA darajasiga ega.
Innovatsion mahsulotlarni joriy etganligi uchun GSMA Global Mobile Awards, Global Telecom Innovation Awards va FT/IFC special commendation kabi xalqaro darajadagi professional mukofotlar bilan taqdirlangan.
2023-10-06