23-iyun kuni soat 18:30da IT Park Tashkent binosida navbatdagi Edusession bo‘lib o‘tadi. Yangi uchrashuv mavzusi – “Biznesni avtomatlashtirish va qanday mutaxassislar kerak?”
Tadbir spikeri – “Siroca Tech” MChJ direktori, IT Park rezidenti Vasiliy Kogay bo‘ladi. Sessiya davomida u biznesni avtomatlashtirishning ahamiyati, xalqaro tajriba, tibbiyotni raqamlashtirish hamda foydalanuvchilar IT-kompaniyalardan nimani kutayotganlari haqida gapirib beradi.
Qolaversa, ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib oladilar:
Sessiya rus tilida olib boriladi, ishtirok etish bepul. Arizalar 22-iyunga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi.
Vasiliy Kogay IT sohasidagi faoliyatini 16 yoshida boshlagan. 2018–021-yillarda u Siroca Technology xalqaro IT kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili boʻlib ishlagan, 2021-yilda esa korxona direktori boʻlgan.
Vasiliy “Fox Studio” tirnoq studiyasi asoschisi, “Amac” restorani va Namangandagi “Ponchik” qahvaxonasi hammuassisi.
Pandemiya davrida Toshkentda “Intermed Innovation” laboratoriyasi bilan hamkorlikda u COVID-19 test markazini ishga tushirdi, barcha jarayonlarni avtomatlashtirdi va O‘zbekistonda birinchi marta natijalarni olish uchun QR-kod havolasini joriy etdi.
U O‘zbekistonda ilk bor Markazlashgan Klinika-Diagnostika Laboratoriyasi (MKDL) – Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yagona laboratoriya loyihasini ishga tushirdi.
Mutaxassisning asosiy faoliyat yoʻnalishlari: tibbiy muassasalar va laboratoriyalarni avtomatlashtirish; tibbiy muassasalarning konsultatsiyasi va biznes tahlillari; tibbiy xizmat sohasida taʼlim va kadrlar tayyorlash.
2023-06-16