Edusession: “Maqsadli auditoriyani qanday va nima uchun oʻrganish kerak?”

8-sentabr kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida “Maqsadli auditoriyani qanday oʻrganish va nega bu bilan shugʻullanish kerak?” mavzusida Edusession boʻlib oʻtadi.

Tadbir maʼruzachisi sifatida “Mijozlar taassurotlari laboratoriyasi” asoschisi va rahbari Aleksey Ivanov qatnashadi. U ishtirokchilar bilan maqsadli auditoriya haqida maʼlumot toʻplashning samarali usullari bilan oʻrtoqlashadi, ushbu yoʻlda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noaniq xatolarni aniqlaydi va bu xatolar loyihani qanday yoʻq qilishi mumkinligini tushuntiradi.

Sessiya rus tilida boʻlib oʻtadi, ishtirok etish bepul. Havola orqali 7-sentyabrgacha roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Maʼruzachi haqida:

Aleksey IvanovMoskva fizika-texnika instituti (MFTI) bitiruvchisi, Coursera platformasidagiMijozlar tajribasini boshqarishkursi va boshqa oʻquv seminarlari va treninglar muallifi, asosiy sanoat konferensiyalarining doimiy ishtirokchisi, maʼruzachi va yetakchisidir.

1999 yildan buyon Internet-marketing va Internet orqali mijozlarni jalb qilish sohasida ishlab kelgan. Rossiyada birinchilardan boʻlib UX tadqiqotlari va veb-saytlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash bilan shugʻullana boshladi. 2018-yildan boshlab mijozlar tajribasini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar olib boradi va uning asosida Rossiyaning yetakchi kompaniyalari oʻz xizmatlarini takomillashtirib, biznesning moliyaviy natijalarini yaxshilaydi.

2023-09-04