3-aprel kuni soat 16:00 da Edusession doirasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Yangi uchrashuv mavzusi – “Marketingda shaxsiylashtirish”. Sessiyani CRO & Personalization akademiyasi hamasoschisi, Future Leader konsalting kompaniyasi va FemCRM ayollar hamjamiyati asoschisi Anna Ambrozevich olib boradi.
Seans davomida u quyidagilar haqida soʻzlab beradi:
• Shaxsiylashtirish nima va nima uchun dunyo boʻylab bu haqda gapirishadi;
• Shaxsiylashtirish mexanikasiga misollar. Bu Netflix, Amazon, Sephora va boshqalarda qanday ishlaydi;
• Shaxsiylashtirish sohasidagi tajriba va karyera;
• Mahorat, rol, yoʻl haqida.
Sessiya rus tilida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish bepul.
Hujjatlar 2-aprelga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfVvi-pc53nKnstleRPAZsYFgw1J47fCPwS1_Wc95RhLUGxUA/viewform
Eslatib oʻtamiz, Edusession dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlishga, karyera qilishga va pul ishlashni boshlashga qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Edusession doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) boʻyicha bilimga ega boʻlishlari, oʻz loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yaxshi kompaniyalarda martaba imkoniyatlarini oʻrganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida oʻz malakalarini oshirishlari, netvorking oʻrnatishlari mumkin.
Spiker haqida maʼlumot:
Anna Ambrozevich - FemCRM ayollar hamjamiyatining asoschilaridan biri, murabbiy va jamoa rahbari, istiqbolli, marketing texnologiyalari sohasida mutaxassis.
Yirik xalqaro kompaniyalar va startaplarda tajribaga ega: Otto Group Russia, PepsiCo, AliExpress, Philip Morris International, Stellar Labs. CRO va shaxsiylashtirish sohasidagi xalqaro konsalting kompaniyasida Ex-Chief Cstomer Officer.
Citylink, Eldorado, Vprok, MTS, Kaspi.kz, TSUM, SimpleWine, Reserved, Sinsay va boshqalar kabi mijozlar uchun Rossiya va xorijiy bozorlarda CRO va shaxsiylashtirish sohasida 200 dan ortiq loyihalarni ishga tushirdi.
U Dynamic Yield va Algolia shaxsiylashtirish va konversiyani optimallashtirish boʻyicha dunyodagi yetakchi platformalarning elchisi va sertifikatlangan mutaxassisi.
Women in Tech xalqaro hamjamiyatining mentori. Kembrij universitetida ayollar yetakchiligi kursi bitiruvchisi.
2023-03-29