Edusession: “O‘zbekistonning IT kelajagi”

29-mart kuni soat 16:00 da IT Park Toshkent filialida Edusession doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Navbatdagi uchrashuvning mavzusi - “O‘zbekistonning IT kelajagi”.

Sessiya spikeri O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari – Shavkat Karimov bo‘ladi.

Sessiya davomida u O‘zbekistonning IT kelajagi haqida o‘z qarashlari, keyslari va IT-sanoatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbollari haqida gapirib beradi, shuningdek, nima uchun IT kelajak sohasi ekanligini tushuntiradi.

Sessiya rus tilida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish bepul.

Hujjatlar  28-martgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc-3TQoQlwx3aUX5P_osATdNX6s-RSp_cdGJjyii2IeOTbSEQ/viewform

Eslatib oʻtamiz, “Edusession” dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlishga, martaba qurishga va pul ishlashni boshlashga qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

“Edusession” doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) boʻyicha bilimga ega boʻlishlari, oʻz loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yaxshi kompaniyalarda martaba imkoniyatlarini oʻrganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida oʻz malakalarini oshirishlari, netvorking va boshqa imkoniyatlarga ega boʻlishlari mumkin.

Spiker haqida maʼlumot:

Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari, tadbirkor va top-menejer, Rossiya va AQShdagi bir qancha kichik kompaniyalar egasi. Oxirgi uch yil davomida u Microsoft kompaniyasida qidiruv tizimini optimallashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan va dunyodagi eng yirik “Answers” deb nomlangan texnologik hamjamiyatlardan birini boshqargan. Bungacha Shavkat Karimov turli kompaniyalarda direktor, yaqin vaqtgacha esa ish qidirish, rezyume tayyorlash va karyera bo‘yicha xalqaro yetakchi – BOLD global kompaniyasida vitse-prezident sifatida faoliyat yuritgan.

Maʼlumoti bo‘yicha huquqshunos (xalqaro huquq) va badiiy filmlar rejissyori. AQSh, Kanada, Shvetsiya, Belgiya, Fransiya, Rossiya, Turkiya, Gvatemalada yashagan va ishlagan. Mentor, investor.

U asli O‘zbekistonlik bo‘lib, yetuk shaxs sifatida Amerika grin-kartasini olgan (EB1A: Extraordinary Alien). Shavkat yirik xalqaro kompaniyalardagi tajribasini O‘zbekistonning yosh avlodi bilan o‘rtoqlashish maqsadida o‘z Vataniga qaytdi.

Shavkat Karimov haqida batafsil ma‘lumotni uning professional profil sahifasida bilib olishingiz mumkin: https://www.linkedin.com/in/shavkat

2023-03-25