IT Park kelgusi 2022-yilda IT-xizmatlari eksportini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Ushbu maqolada biz IT Parkʼning ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha baʼzi bir rejalarini soʻzlab beramiz.
Qayd etish joizki, IT-xizmat va mahsulotlar eksporti hajmi 2020-yilda 16,3 million dollarni, 2021-yilda esa 40 million dollarni tashkil etdi. Rivojlanish tendentsiyalari tahlili asosida 2022-yilda IT Park eksport hajmini 100 million dollardan ortiqroqqa yetkazishni maqsad qilgan. Ushbu belgiga erishishning asosiy usullaridan biri – bu IT va BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) sohasidagi kompaniyalarni butun dunyo bo‘ylab faol izlash va ularni O‘zbekiston bozoriga eksport faoliyatiga jalb qilish. IT Park xorijiy bozorlarni tahlil qiladi va butun dunyo bo‘ylab O‘zbekiston uchun eng istiqbolli va mos kompaniyalarni izlaydi. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. MIFT bilan birgalikda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston bozoriga kengaytirishdan manfaatdor boʻlgan xalqaro IT va BPO kompaniyalari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, bu esa Oʻzbekistonda yuqorida qayd etilgan kompaniyalar sonini koʻpaytirish va keyinchalik IT-xizmatlar va mahsulotlar eksportini oshirishda oʻz samarasini beradi.
Yangi BPO yoʻnalishlarini ishga tushirish uchun shart-sharoitlar yaratishga ham katta eʼtibor qaratiladi. Shu maqsadda IT Park Hindiston va Bangladeshning BPO kompaniyalari bilan ham hamkorlik qilib, mahalliy tadbirkorlarni o‘qitish va ularga buyurtmalarni jalb qiladi. Oʻzbekistonda Janubi-Sharqiy Osiyo va MDHʼning yetakchi BPO kompaniyalari ishtirokida biznes jarayonlarni autsorsing qilish boʻyicha Xalqaro sammitning oʻtkazilishi muhim voqea boʻladi. Ushbu sammitning maqsadi xalqaro hamjamiyatga autsorsing xizmatlari uchun yangi bozor tugʻilishi haqida eʼlon qilish boʻladi.
IT Parkʼning eʼtibori nafaqat xorijiy kompaniyalarga qaratiladi. IT Park, shuningdek, eksport uchun ham ishlaydigan yangi BPO kompaniyalarini ishga tushirish uchun mahalliy BPO biznes hamjamiyatini jalb qiladi.
Boshqa narsalar qatorida, BPO Plug and Play markazini yaratish rejalashtirilgan, buning natijasida xorijiy kompaniyalar ofis talablari haqida qayg‘urmasdan faoliyat yuritishi va o‘z ishlarini bajarishi, tejalgan mablag‘larini o‘z biznesini yanada rivojlantirish, uzoq muddatli istiqbolda barqaror o‘sishni ta’minlashga qayta sarmoya kiritishi mumkin.
Plug and Play markazi qiziqqan kompaniyalar BPO kompaniyasining barcha jarayonlari bilan tanishishi va keyinchalik BPO kompaniyasiga aylanishi mumkin boʻlgan qum qutisi rolini oʻynaydi.
O‘zbekistonda IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha samarali kompleks ishlar natijasida IT Park 2022-yil oxirigacha 100 million dollarlik IT-xizmatlari eksportini amalga oshirishi mumkin va 2025-yilda esa bu boradagi ishlarni davom ettirish - 500 million dollar.
2022-01-14