2022-yil 24-sentabr kuni AloqaTech Lab Demo Day doirasida AloqaTech Lab inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari o‘rtasida Entrepreneurship World Cup 2022 (Tadbirkorlik bo‘yicha Jahon kubogi-2022) tanlovining milliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Entrepreneurship World Cup 2022”– bu butun dunyo bo‘ylab 1 million dollarlik sovringa ega tadbirkorlik chempionati bo‘lib, u Global tadbirkorlik tarmog’i va Monsha’at boshchiligidagi tashabbus bo‘lib, qator milliy va xalqaro hamkorlar ko‘magida o‘tkaziladi.
EWC Uzbekistan milliy finali IT Park Uzbekistan tomonidan AloqaBank va Aloqaventures bilan hamkorlikda tashkil etildi. 2019-yilda start olgandan buyon tanlov 200 mamlakatdan 400 000 dan ortiq arizalarni qabul qildi, shu vaqt ichida finalda g’olib bo’lganlar 3 million dollardan ortiq pul mukofotlari va 256 million dollar bonuslarga ega bo'lishdi. Eslatib oʻtamiz, musobaqa IT Park hamkorligida Oʻzbekistonda 2020-yildan buyon tanlov oʻtkazib kelinadi.
Bu yil tanlovda 42 ta loyiha ishtirok etdi, ulardan 12 tasi milliy final bosqichiga saralab olindi.Har bir loyiha global tashkilotchilardan bepul virtual oʻquv xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi va ularga oʻz biznesini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berish uchun 25 000 AQSh dollarigacha boʻlgan l imtiyozlari taqdim etildi.
Tanlov hakamlari:
● Abdulazal Toshxudjaev - UzVC venchur fondining investitsion direktori;
● Farrux Maksumov, IT Park Uzbekistan Startap ekotizimlarini rivojlantirish departamenti rahbari;
● Ilhom Idiyev - “Semurg Ventures” venchur fondining investitsion direktori;
● Olimjon Umarov – “Aloqabank” boshqaruv raisi maslahatchisi;
● Suxrob G’aybulloyev - “Aventures Venture Fund” direktori.
Milliy final yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston nomidan Beautify.uz loyihasi g‘olib deb topildi. Startap AloqaVentures kompaniyasidan 50 000 AQSh dollari miqdorida sarmoya to‘pladi va jahonning 200 mamlakatidan kelgan boshqa ishtirokchilar bilan raqobatlashadigan global tanlovning navbatdagi bosqichiga kirmoqda.
Beautify.uz – go’zallik ustalari ishining suratlari to’plangan agregator sifatida ishlaydigan platformadan foydalangan holda to‘lanmaydigan ish vaqtini qisqartirish orqali mutaxassislar ishlarining internetda ko‘rinishiga, yangi mijozlarni jalb qilishga va ko‘proq daromad olishga yordam beruvchi startap.
Tanlovning xalqaro bosqichi 2023-yilning mart oyida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi va u yerda Beautify.uz o‘z loyihasini taqdim etadi hamda 1 million dollarlik mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. musobaqada muvaffaqiyat qozongan 100 nafar final bosqichi ishtirokchilari 100 000 dollar mukofotga ega bo’ladi va AWS, Freshworks, Oracle, Hubspot, Stripe va Segment kabi xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalardan yordam oladilar.
Shuningdek, final bosqichi ishtirokchilari “GEN Starters Club”— butun dunyo bo'ylab iqtidorli asoschilarning taklifnomasi asosida qabul qilinadigan klubga avtomatik ravishda kirish huquqiga ega bo'ladilar.
2022-09-29