EPAM Systems kompaniyasi “Introduction to Python” bepul treningi uchun yangi toʻplamni ochdi

EPAM Systems — 1993-yilda tashkil etilgan Amerikaning IT-kompaniyasi.  Maxsus dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi, konsalting boʻyicha mutaxassis, IT Park va Belarusiya yuqori texnologiyalar parkining rezidenti.  Kompaniyaning shtab-kvartirasi Pensilvaniya shtati Newtown shahrida joylashgan va 40 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalariga ega.

Talabalar nimani oʻrganadilar?

 - chiroyli va ixcham kod yozish;

 - tilning asosiy xususiyatlari va sintaksisini oʻzlashtirish.

Trening qanday oʻtadi?

 Trening onlayn maʼruzalar formatida oʻtkaziladi. Haftada ikkita maʼruza va mustaqil uy vazifalaridan iborat boʻladi.  Barcha mashg‘ulotlardan so‘ng ishtirokchilarga yakuniy topshiriq beriladi, bu topshiriq kompaniya trenerlari tomonidan tekshiriladi.

 Dastur qolaversa, Python va uning sintaksisining asosiy xususiyatlari, hamda, o'rnatilgan maʼlumotlar turlari va ular bilan asosiy operatsiyalar haqida umumiy maʼlumotni oʻz ichiga oladi.

 Bundan tashqari, aʼzolar:

 - funksiyalar va sinflardan foydalangan holda dasturlarning imkoniyatlarini kengaytirishni oʻrganishadi;

 - obyektga moʻljallangan dasturlashning afzalliklari bilan tanishadilar;

 - istisnolardan qanday foydalanishni va muammolarni bartaraf qilishni oʻrganishadi.

EPAM Systems kompaniyasida ishlash

 Trening yakunida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan trening ishtirokchilari birinchi bosqichdan so‘ng EPAM Systems kompaniyasida ish takliflarini olishlari mumkin.  Qoʻshimcha amaliyotga muhtoj boʻlganlar uchun EPAM keyingi ishga joylashish imkoniyati bilan laboratoriyada amaliyot oʻtashni taklif qiladi.

 Taʼlim tili: rus.

 Roʻyxatdan oʻtish va trening haqida batafsil maʼlumot olish uchun: https://epa.ms/uz-python-training

 

2022-01-24