“EPAM Uzbekistan” va “IT Bilim” kuchli IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun kuchlarni birlashtirmoqda

“EPAM” va “IT Bilim” xalqaro bozor uchun IT sohasida malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida strategik hamkorlik shartnomasini tuzdilar.

1993-yilda tashkil etilgan “EPAM Systems” kompaniyasi zamonaviy bulutli va SI-texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli platformalar va mahsulotlarni yaratishga boʻlgan innovatsion yondashuvlari bilan mashhur. Kompaniya oʻzining professionalligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifati tufayli jahon miqyosida shuhrat qozongan.

Korxonalar oʻrtasidagi hamkorlik yosh mutaxassislarga xalqaro va mahalliy kompaniyalarda amaliyot oʻtashda ularga jahon standartlari boʻyicha zarur kasbiy koʻnikmalarni oʻrgatishda yordam berishni nazarda tutadi. Mamlakatning IT-xizmatlar eksporti iqtisodiy taraqqiyotning drayveriga aylanib borayotgani, mamlakatimizga tobora koʻproq xorijiy autsorsing kompaniyalari kirib kelayotganini inobatga olsak, hozirda yuqori malakali kadrlar tayyorlash eng muhim ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda.

“EPAM” kompaniyasining tajribasi tufayli tajribasiz kadrlar yirik xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan talab qilinadigan texnik bilimlarni oʻzlashtirishlari mumkin boʻladi, bu esa Oʻzbekiston inson kapitalining jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda aholining 60 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi va kadrlar zaxirasi Oʻzbekistonda kompaniya ochayotgan xorijiy kompaniyalar uchun eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Natijasida, dastur bitiruvchilari ham mahalliy kompaniyalarda, ham xalqaro tashkilotlarda muvaffaqiyatli ishlashlari mumkin boʻladi. Oʻzbekistonlik mutaxassislarning bilim va koʻnikmalari talab yuqori boʻlgan dasturlash steklari hamda jarayonlarga zamonaviy yondashuvdan foydalangan holda eng innovatsion loyihalar ustida ishlashga imkon beradi.

2024-06-24