erp4students SAP onlayn kurslarining birinchi sessiyasi yakunlandi

Yodingizda bo‘lsa, Scientech IT Academy, IT Park, ERP4Students va Brandenburg Texnika Universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik talabalar uchun xalqaro SAP kurslari tashkil etilgan edi

Pilot loyiha uchun quyidagi kurslar tanlab olindi:

  • Enterprise Resource Planning with SAP S/4HANA (TS410)
  • SAP BW/4HANA – Dataflow and BusinessObjects Reporting
  • Introduction to ABAP

Kurslarning bahor sessiyasi 5-iyundan 17-sentyabrgacha bo’lib o’tdi va kurslarda jami 39 nafar talaba tahsil oldi. Uchta guruhda mentorlik va offline darslar tashkil etildi. Offlayn darslar har bir kurs uchun haftada ikki marta o‘tkazildi. 

Kurs yakuni bo‘yicha 28 ta talaba ERP4Student kursini muvaffaqiyatli tugatib sertifikatlarni qo‘lga kiritdi.

IT Park birinchi sessiya talabalariga SAP kurslari narxining 70 foizigacha grant ajratdi. Bitiruvchilar qolgan miqdorni xalqaro IT sertifikatlari kompensatsiya dasturidan foydalangan holda qopladilar.

2023-09-28