EWC-2024 uchun arizalarni qabuli boshlanmoqda

IT Park Entrepreneurship World Cup 2024 (Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati) milliy bosqichiga roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qiladi.

Entrepreneurship World Cup — tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlovchi eng yirik tanlov dasturlaridan biri.

2019-yilda ishga tushirilgandan buyon dasturda 200 dan ortiq mamlakatlardan 370,000 dan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Musobaqaning global tashkilotchilari Global Entrepreneurship Network (AQSH) va Monshaʼat (Saudiya Arabistoni) hisoblanadi. IT Park chempionatning rasmiy milliy hamkori boʻlib, 2020-yildan buyon Oʻzbekistonda musobaqani oʻtkazib kelmoqda.

Milliy bosqich gʻoliblari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan xalqaro bosqichda oʻz loyihalarini taqdim etish, $1 millionlik umumiy mukofot jamgʻarmasi uchun bellashish, shuningdek, oʻz kompaniyalarini rivojlantirishga yordam beradigan bepul oʻquv resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Tanlovda roʻyxatdan oʻtish uchun havola:

https://entrepreneurshipworldcup.com 

2023-10-19