Fargʻona vodiysida “Open Mind” ideatoni boshlanmoqda

YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (BMT FAO) bilan hamkorlikda hamda IT Park koʻmagida “Open Mind” ideatoni oʻtkazilishini eʼlon qiladi.

Ideaton — bu ikki kunlik loyihalar va gʻoyalar tanlovi. Ushbu tadbir doirasida ishtirokchilar jamoalarga birlashadilar, MVP ishlab chiqmasdan oʻz yechimlarini ishlab chiqadilar va taklif qiladilar.

“Open Mind” ideatoni ijodiy aql egalari uchun oʻz gʻoyalari bilan oʻrtoqlashish, yangi va ilhomlantiruvchi kashfiyotlarni yaratish uchun noyob imkoniyatdir. Tadbir innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, tajriba va bilim almashish hamda real muammolarga ijodiy yechimlar yaratish maqsadida ijodiy hamjamiyatni birlashtirishga qaratilgan.

Tadbir 20 — 21-noyabr kunlari Fargʻona davlat universitetida boʻlib oʻtadi va soat 9:00 da boshlanadi.

“Open Mind” ideatonida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/1H4gZJK7BoZXCs8TZ2TwWaed4FVf-8U6BNyDmd4PFX9c/edit

Tadbir YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatorining Iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash loyihasi va BMT FAO (DVI) Raqamli qishloqlar tashabbusi doirasida oʻtkazilmoqda. Ideatonning maqsadi kichik biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish, yoshlarni IT va raqamlashtirish orqali ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish va qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarni joriy etishdir.

2023-11-14