Farg‘onada BPO School’da ishga qabul qilish jarayonida yakuniy suhbatlar boʻlib oʻtdi

Yaqinda biz BPO-kompaniyasiga ishga qabul qilish boshlanganini eʼlon qilgan edik.  2022-yil 13-yanvar kuni esa Farg‘ona viloyatida ochilayotgan BPO-kompaniyasiga ishga joylashish istagida bo‘lganlar bilan yakuniy suhbat o‘tkazildi.







Jami 150 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 50 nafari birinchi bosqichdan o‘tgan.  Yakuniy suhbatdan 22 kishi o‘tdi.

Suhbatlarni IT Park direktori Farhod Ibragimov, Revochain Technology direktori Nodir Turdimatov, Jizzaxdagi IT Park filiali direktori Nazira Muxitdinova, Toshkentdagi IT-Akademiyasi direktori Dmitriy Ten, IT-Akademiyasi loyihasi rahbari Konstantin Kim olib bordilar.

Tanlovning asosiy mezonlaridan biri ingliz tilini bilish va muloqot qobiliyati darajasi edi.





Takidlash joizki, kompaniyada ish boshlashdan oldin yakuniy suhbatdan oʻtgan 22 kishi BPO Shool’da bir oylik tayyorgarlik oʻqishni boshlaydilar.  U yerda yoshlar logistika sohasining nyuanslarini oʻrganadilar va faol ish kunlariga tayyorgarlik koʻrishadi.

Eng yaxshi 5 nafar talaba Toshkentga BPO-kompaniyasida amaliyot o‘tashga boradi.



BPO’larning afzalligi shundaki, IT-xizmatlarini ko‘rsatish uchun IT-mutaxassisi bo‘lish shart emas.  Chet elda Internet orqali taqdim etiladigan har qanday xizmat IT-xizmatlarining eksporti hisoblanadi, yaʼni BPO.  Va bu xizmat hisobchi yoki dizayner tomonidan taqdim etilganmi, muhim emas.

Mart oyida Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazmda BPO-kompaniyalari ochilishini alohida ta’kidlaymiz.  Har oy O‘zbekistonning turli hududlarida kompaniyalar ochiladi.  Keyinchalik, BPO-kompaniyalari mamlakatning har bir mintaqasida ishlaydi.

BPO-kompaniyalari IT-xizmatlari eksportini koʻpaytiradi va yoshlarga oʻz mintaqasida boʻlib, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda pul ishlash imkoniyatini beradi.










 

2022-01-14