Farg‘onada yangi “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” ochildi

10-aprel kuni Fargʻona Politexnika Institutida IT Park Fargʻona filiali bilan hamkorlikda bo'lib o'tayotgan InnoMix - innovatsion loyihalar haftaligi doirasida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi” ochildi va foydalanishga topshirildi. 

42-Inkubatsiya va akseleratsiya markazining ochilish marosimida IT Park Farg‘ona filiali direktori Baxromjon Jalilov, Farg‘ona politexnika instituti prorektori Zohidbek Hamroqulov, shuningdek, 100 dan ortiq talabalar, o‘qituvchi-professorlar va startapchi yoshlar ishtirok etdi.

Markaz axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish va ushbu yo‘nalishda yoshlar salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda har chorakda inkubatsiya dasturlari, xakatonlar, ideatonlar, tanlovlar, seminarlar, vebinarlar, master-klasslar va boshqa koʻplab tadbirlar o‘tkaziladi.

Yangi Markazda talabalarning axborot texnologiyalari sohasini puxta egallashi, shuningdek, istiqbolli startap loyihalarini tayyorlash va ishga tushirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Yuqorida ta’kidlanganidek, InnoMix tanlovlar haftaligiga ham shu kuni start berildi. Tadbir doirasida xakaton, “TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafoni, shuningdek, “Ayollar tadbirkorligiga birinchi qadam” dasturi o‘tkaziladi

2023-04-11