Filadelfiyada AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun ikkinchi IT konferensiya bo‘lib o‘tadi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park IT sohasida faoliyat yuritayotgan oʻzbek diasporasi vakillarini 16-sentyabr kuni Filadelfiya shahrida boʻlib oʻtadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif qiladi.

Tadbirda Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov va mamlakat IT-hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad AQSHda biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) va IT-autsorsing sohasida vatandoshlarimiz bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat.

Ushbu tadbir 16-avgust kuni Chikagoda boʻlib oʻtgan birinchi konferensiyaning davomi hisoblanadi.

Konferensiya davomida birinchi yigʻilish natijalari, Oʻzbekistonning IT sohasidagi yutuq va imkoniyatlari, yaʼni rivojlangan infratuzilma, iqtidorli mutaxassislar, IT-kompaniyalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va boshqalar taqdim etiladi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston IT sohasining investitsiya muhiti hamda Oʻzbekiston va Amerika kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari mumkin.

Shuningdek, konferensiya mehmonlariga IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Zero Risk, Local 2 Global va boshqalar kabi IT Park dasturlari haqida maʼlumot beriladi.

Tadbir oʻtkaziladigan joy: Radisson Hotel Philadelphia Northeast (1-qavat)

Manzil: 2400 Old Lincoln Highway, Trevose, PA 19053, Amerika Qoʻshma Shtatlari

Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali maxsus shaklni toʻldirish talab qilinadi:

https://forms.office.com/r/FebePMuXfW

2023-09-05