“Plug and Play Uzbekistan” innovatsion platformasi “FoundHer” ayollar startap tanloviga arizalarni qabul qilishni boshladi.
FoundHer – bu startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘lib, u yerda ular investorlar, mentorlar va “Plug and Play” ekspertlari tarmogʻiga kirish imkoniga ega boʻladilar, shuningdek, butun Yevropadan yuqori darajali mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladigan seminarlar, turli tadbirlar va venchur mablagʻlarini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyoda tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish dasturi ko‘magida amalga oshiriladi. “Plug and Play Uzbekistan” ofisining asoschi hamkori IT Park Uzbekistan va Aloqabank hisoblanadi.
“FoundHER” gibrid formatda oʻtkaziladi hamda onlayn va oflayn tadbirlarni oʻz ichiga oladi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ayollar startaplari ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin, biroq barcha oflayn tadbirlar Toshkentda o‘tkaziladi. Asosiy shart – startap asoschilari orasida kamida bitta ayol boʻlishi kerak.
Tanlov quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Dastur 6 oy davom etadi, ishtirok etish bepul.
Arizalar 10-iyunga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://plugandplaytc.typeform.com/FoundHerUz
Kompaniya haqida
“Plug and Play” korporativ innovatsion dasturlarni taklif qiladi va korporativ hamkorlarga oʻqitishdan tortib to amalga oshirishgacha boʻlgan innovatsion sayohatining har bir bosqichida yordam beradi.
2006-yilda tashkil etilganidan buyon “Plug and Play” dasturlari global miqyosda kengaydi va hozirda dunyoning 50 dan ortiq joylarida mavjud boʻlib, startaplarga Kremniy vodiysi va undan tashqarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur boʻlgan resurslarni taqdim etadi. 10 000 dan ortiq startap va 1400 ta rasmiy korporativ hamkorlar bilan kompaniya ko‘plab sohalarda mukammal startap ekotizimini yaratdi. 2022-yilda “Plug and Play” O‘zbekistonda o‘z ofisini ochdi va shu yilning bahor oyida istiqbolli startaplar uchun akseleratsiya dasturining birinchi to‘lqinini ishga tushirdi.
2023-05-19