2021-yil 11-yanvar kuni IT Park O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Mazkur voqea 21-asrda ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan yangi kasblarni rivojlantirish hamda o‘qitishga qaratilgan “Future Skills Uzbekistan” yangi loyihasining boshlanishiga ilk qadam boʻldi.
Memorandum imzolanishi sharafiga bag‘ishlangan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, IT Park direktori Farhod Ibragimov, OAV vakillari, shuningdek, vazirlik va IT Park’ning boshqa vakillari ishtirok etishdi.
Loyihaning maqsadi - axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirishdir.
Loyiha quyidagi 3 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. Professional ta’lim va IT mutaxassislarni tayyorlash.
Ushbu bosqich keng qamrovli o‘quv dasturidan, ya’ni kompyuter savodxonligi, ingliz tili va soft skills’ni rivojlantirish kurslaridan iborat. Keyinchalik, kompyuter savodxonligi kursini tamomlagandan so‘ng, ishtirokchilar mutaxassislik bilan tanishadilar va har bir kishi o‘qishini davom ettirishi uchun quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlashi mumkin:
- veb dasturlash;
- mobil ilovalarni yaratish;
- mobil o‘yinlarni yaratish;
- mobil robototexnika;
- grafik dizayn;
- 3D modellashtirish;
- IT menejmenti;
2. IT mutaxassisining malakasini baholash va malaka pasportini berish.
O‘qish so‘ngida bitiruvchilarning malaka darajasini aniqlash maqsadida ularning bilimi mustaqil ravishda baholanadi (ixtiyoriy). Undan so‘ng IT mutaxassisiga malaka pasporti beriladi.
3. IT mutaxassisiga ishga joylashish va mustaqil ravishda ish bilan shug‘ullanish (frilanserlik) bo‘yicha yordam.
Loyiha doirasida ishtirokchilarga nafaqat IT mutaxassisliklari o‘qitiladi, balki istiqbolli talabalarga ish izlashlarida va ish topishlarida har tomonlama yordam beriladi. Bundan tashqari, loyiha ishtirokchilari uchun turli tadbir, amaliyot, xakaton, akselerator, inkubator, tanlov va boshqa tadbirlar tashkil etiladi. Loyihada turli xil platformalar va agregatorlar orqali xalqaro freyelancye bozorida o‘qitilgan IT mutaxassislarning kirishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Keng qamrovli o‘quv dasturi 9 oy davom etadi va 12 viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi poytaxtida tashkillashtiriladi:
Talablar:
Dastur ishtirokchisi bo‘lish uchun siz 16 yoshdan oshgan, ish bilan ta’minlanmagan bo‘lishingiz, shuningdek, quyidagilarni o‘z ichiga olgan dastlabki tanlovdan o‘tishingiz kerak: mantiqiy test, kompyuter savodxonligi bo‘yicha test hamda ingliz tili darajasini aniqlash uchun test.
Dastur narxi – 400 000 so‘m oyiga.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi aholini ish bilan ta’minlash jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘ga kvotalar bo‘yicha ishsiz va ish izlayotgan shaxslarnining o‘qish to‘lovining 50% qoplanadi (ishtirokchilar umumiy sonining 70% dan oshmasligi kerak).
Potensial ish beruvchi yoki o‘quvchi tomonidan 50% qoplanadi.
Ishsiz va ish izlayotgan shaxslar sonidan 30% dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarning o‘qish xarajatlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan qoplanadiqoplanadi
Loyihaga ro‘yxatdan o‘tish 2021-yil 18-yanvar kuni quyidagi havola orqali boshlanadi: http://futureskills.uz
2021-01-11