"Future Skills Uzbekistan" – respublika miqyosidagi onlayn tanlov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar rivojlantirish vazirligi IT Park, Artel Group, RevoTech, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda "Future Skills Uzbekistan" respublikaviy tanlovi haqida maʼlum qiladi.

Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

1. Muhandislik loyihalashtirish;
2. Robototexnika.

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:

1. Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari;

– Sanoatni avtomatlashtirish;
– Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
– Logistikani avtomatlashtirish;
– Mashinasozlik;
– Avtomobilsozlik;
– 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

2. Robototexnika yoʻnalishlari:

– Tibbiyot robotlari;
– Maishiy robotlar;
– Manipulyatorlar;
– Androgen robotlar;
– Robosimulyatorlar.

Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan istalgan shaxs qatnashishi mumkin.

Kichik yoshdagi ishtirokchilar guruhi –  15 yoshgacha.

Katta yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 30 yoshgacha.

Roʻyxatdan oʻtish 2020-yilning 24-iyulidan 1-sentyabrga (shu kuni ham) qadar quyidagi havola boʻyicha boʻlib oʻtadi: https://forms.gle/R2bYPGscjxDDyWPv6

Tanlov haqida yanada batafsil maʼlumot: https://futureskills.uz/

 

2020-07-24