“FutureTech 3.0” akseleratsiya dasturining uchinchi toʻlqiniga start berilmoqda

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi texnologik startaplar uchun PETRONAS FutureTech akseleratsiya dasturining uchinchi toʻlqini – “FutureTech 3.0” uchun arizalar qabuli boshlandi!

Loyiha texnologik startaplarni aniqlash va rivojlantirish hamda ularni jahon standartlariga yetkazishga qaratilgan.

Loyihaning uchinchi toʻlqini 12-16 haftalik gibrid akseleratordan iborat boʻladi.

Ushbu toʻlqinda PETRONAS dasturi barqarorlik/dekarbonizatsiya, energetika va mobillik, kelajakdagi sanoat va ishlab chiqarish, materiallar va ilgʻor texnologiyalar sohalarida ilgʻor innovatsiyalarni tanlaydi.

Akseleratsiya dasturi IT Park Uzbekistan, Gentari Sdn. Bhd., Tenaga Nasional Berhad, DRB-HICOM Berhad, Sembcorp Industries Ltd, Hyundai Motor Company, Vitol, Khazanah Nasional Berhad kabi kuchli korporativ hamkorlar, shuningdek, Cradle, Texnologiya va innovatsiyalar boʻyicha Malayziya tadqiqot akseleratori (MRANTI), Malaysia Digital Economy Corporation (MDEC), Malaysian Industry-Government Group for High Technology (MIGHT), Microsoft, Amazon Web Services (AWS), SG Innovate, Leave a Nest Group, National Technology & Innovation Sandbox (NTIS), MyStartup va Tata Consultancy Services (TCS) kabi ekotizim hamkorlari ishtirokida tashkil etildi.

Arizalar 31-martgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://petronasft.thestartupx.com

2023-03-27