Kennedi nomidagi Garvard boshqaruv maktabida Markaziy Osiyoning global texnologik o‘zgarishlardagi roli mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi. “From Central Eurasia to Silicon Valley: Building the Bridge in the AI Age” nomli tadbir mintaqaning asosiy vakillarini, jumladan, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov, “IT Park Ventures” venchur fondi direktori Azamat Karamatov, “Astana Hub” bosh direktori Tanat Uskembayev, “Silkroad Innovation Hub” asoschisi Aset Abdualiyev va “Astana Hub”ning Shimoliy Amerikadagi vakili Aykumis Seksenbayevani bir joyga to‘pladi. Garvard qoshidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari tashkilotining hamraisi Dauren Kabiev moderatorlik vazifasini bajardi.
Garvard universiteti Xalqaro taraqqiyot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan munozara sun’iy intellekt va uning kelajak iqtisodiyotiga ta’siriga qaratilgan “Road to GEM25” tadbirlari turkumining bir qismi bo‘ldi. Ishtirokchilar Qozog‘iston, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari global texnologik musobaqada o‘z mavqeini qanday mustahkamlayotganini muhokama qildilar.
Muhokamaning asosiy mavzulari
Sun’iy intellekt strategik ustuvorlik sifatida: Abdulahad Kuchkarov O‘zbekiston davlat sektori va startaplarga sun’iy intellektni faol joriy etayotganini, yechimlarni sinovdan o‘tkazish uchun tartibga soluvchi "qumdonlar" yaratayotganini ta’kidladi.
Investitsion salohiyat: Tanat Uskembayev “Astana Hub” va “IT Park Ventures” moliyalashtirish uchun startaplarni qanday tanlaishi, transchegaraviy miqyosdagi loyihalarga e’tibor qaratishi haqida so‘zlab berdi.
Hamkorlik orqali globallashuv: Aset Abdualiyev “Silkroad Innovation Hub” orqali Markaziy Osiyo startaplarini AQSh bozorlariga muvaffaqiyatli olib chiqish misollarini keltirdi.
Ta’lim tashabbuslari: Aykumis Seksenbayeva Markaziy Osiyo universitetlari va Garvard o‘rtasida sun’iy intellekt sohasida tajriba almashish rejalarini e’lon qildi.
Abdulahad Kuchkarov quyidagilarni ta’kidladi:
“Markaziy Osiyo nafaqat startaplar sonining o‘sishini, balki sifat o‘zgarishlarini ham namoyish etmoqda: O‘zbekiston va Qozog‘iston loyihalari allaqachon Markaziy Osiyo va MENA darajasida raqobatlashmoqda. Keyingi qadam Silikon vodiysining qiymat zanjirlariga qo‘shilishdir.”
Tadbir doirasida “IT Park Ventures” direktori Azamat Karamatov yetakchi universitetlar va xalqaro venchur fondlari vakillari bilan bir qator maqsadli uchrashuvlar o‘tkazdi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda startaplarning investitsion tayyorgarligini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari va strategik seminarlarni yo‘lga qo‘yish uchun “Harvard”, “MIT”, Boston universiteti va global akseleratorlar ekspertlarini jalb qilish masalalariga qaratildi.
Uchrashuvlar yakunida bir qator strategik hamkorlar bilan “IT Park Ventures” ekspertlar jamg‘armasi va investitsiyalar voronkasiga qo‘shilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu loyihalar ustida birgalikda ishlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi, shuningdek, O‘zbekistonning texnologik tadbirkorlikning istiqbolli markazlaridan biri va xalqaro venchur investorlar uchun Markaziy Yevroosiyo bozorlariga kirish nuqtasi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.
“Harvard Kennedy School”da o‘tkazilgan tadbir shuni tasdiqladi: Markaziy Osiyo jadal sur’atlar bilan yangi texnologik ambitsiyalar markaziga aylanmoqda. O‘zbekiston, Qozog‘iston va ularning hamkorlari nafaqat startaplarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli o‘zgarishlarda muvaffaqiyatlarni namoyish etmoqda, balki sun’iy intellekt va venchur investitsiyalar sohasida dadil tajribalar uchun hudud sifatida mintaqaning umumiy g‘oyasini shakllantirmoqda. “Road to GEM25” kabi tashabbuslar global institutlar bilan muloqotni kuchaytiradi, bilim, tarmoqlar va sarmoyalarga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar ta’kidlaganidek, keyingi bosqich “mahalliy muvaffaqiyat hikoyalari”ni sayyoramizning texnologik holatiga ta’sir ko‘rsata oladigan barqaror ekotizimga aylantirishdir.
2025-04-28