BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan Global Best M-Gov Award global tanloviga arizalar qabuli boshlandi.
Tanlov eng yangi texnologiyalarni ijodiy qoʻllash orqali jamiyatga taʼsir koʻrsatadigan mobil ilovalar yechimlarini ishlab chiqqan universitet talabalari va One Million Coders bitiruvchilari uchun moʻljallangan. O‘zbekistondan OTMʼlar talabalari va “One Million Uzbek Coders” kursi bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Sovrin fondi quyidagilardan iborat boʻladi:
1-oʻrin – 1 million dirham BAA ($272 000)
2-oʻrin – 500 ming dirham BAA ($136 000)
3-oʻrin – 250 ming dirham BAA ($68 000)
G‘oliblar 2023-yil 13–15-fevral kunlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan World Government Summit paytida e’lon qilinadi.
Arizalar qabuli 2023-yil 10-yanvar kuni soat 21:00 da yopiladi.
Batafsil maʼlumot uchun havolaga oʻting:
https://mgovaward.worldgovernmentsummit.org/en
2022-12-19