Google Cloud ayollarga SI texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha bepul dasturni ishga tushiradi

Google Cloud Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birgalikda ayollarga sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrgatish boʻyicha keng koʻlamli bepul Elevate taʼlim dasturini ishga tushirmoqda.

Dasturning asosiy maqsadi va vazifasi STEM sohalarida gender tafovutini kamaytirish orqali ayollarning sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida martaba qurish va davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Trening ingliz tilida, aralash formatda, Google Cloud jamoasi ko‘magida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar STEM, axborot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari, biznes boshqaruvi va biznes informatika yo‘nalishlari bo‘yicha universitet bitiruvchilari, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 22 yosh va undan yuqori boʻlgan ayollar va qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilardan ingliz tilini bilish, kompyuter savodxonligi, kompyuter va internetga kirish imkoni talab qilinadi.

Trening ikki yoʻnalishda olib boriladi:

1. Texnik kompetensiyalar – dastur ishtirokchisining qiziqishlari va tajribasiga qarab yana 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi (Google Cloud Arxitekturasi, maʼlumotlar muhandisligi, Machine Learning va Data Processing).

2. Biznes kompetensiyalari – barcha uchun umumiy yoʻnalishdir (raqamli transformatsiyaga kirish, bulutli muhitning korporativ xavfsizligi va boshqalar).

Arizalar 2023-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin:

 https://globalaisummit.org/Elevate#

“Elevate” – bu Google Cloud va Saudiya Arabistoni Qirolligi Data and AI Authority (SDAIA) tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan sunʼiy intellekt va machine learning texnologiyalari boʻyicha ayollarni oʻqitish uchun bepul taʼlim dasturi. Dastur ish oʻrinlari sonini oshiradi hamda fan, texnologiya va dasturlash (STEM – Science, Technology, Engineering, Mathematics), ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda gender tafovutini kamaytiradi.  Kelgusi 5 yil ichida tashabbus doirasida 25 ming nafargacha xotin-qizlarni jalb etilishi rejalashtirilgan.

2023-03-28