HR-brendini mustahkamlash: IT Park Uzbekistan’ning “Liderlar” dasturi o‘sish va transformatsiya platformasi sifatida

IT Park Uzbekistan “Liderlar” tashabbusi orqali o‘z HR brendini mustahkamlagan holda, jamoaning ichki salohiyatini tizimli ravishda rivojlantirishni davom etmoqda. O‘sish, yetakchilik va tajriba almashish maydoniga aylangan ushbu dastur nafaqat biznes jarayonlarini takomillashtirishga, balki kuchli korporativ madaniyat va ish beruvchining jozibador imijini shakllantirishga ham qaratilgan.

Uchinchi sessiya yakunlari

Avvalgi uchrashuvdan atigi 10 kun o‘tgach, dastur ishtirokchilari sezilarli yutuqlarni namoyish etdilar. Ular o‘z ishlarining natijalarini taqdim etib, yaqin kelajakdagi maqsadlarni aniq belgilab, asosiy KPI’larni belgilab oldilar. Bu esa ularning IT Park’ni rivojlantirishga bo‘lgan ishtiyoqini va sifatli o‘zgarishlarga intilishini tasdiqladi.

Har bir loyiha himoyasi shunchaki hisobot emas, balki kompaniyaning ichki muhitini transformatsiya qilishga bo‘lgan hissa hisoblanadi. Taqdim etilgan tashabbuslar orasida:

  • Xodimlarni rag‘batlantirish tizimi (hamkor rahbar Sevara Hidoyatova, loyiha rahbari: Mahliyo Muksinova)
  • Performance Management (hamkor rahbar Shahzoda Imomaliyeva, yetakchi: Ra’no Hamidova)
  • Kompetensiya modelini joriy etish (loyiha rahbari: Ra’no Xamidova)
  • Umumiy uchrashuvlar o‘tkazish joyi (hamkor rahbar Kurbanov Rustam, loyiha rahbari: Jamila Xalibaeva)
  • Tadbirlar samaradorligini aniqlash (hamkor rahbar Asror Agzamov, loyiha rahbari: Jahongir Radjabov)
  • "Enterprise Uzbekistan" loyihasi — keng ko‘lamli o‘zgarishlarning drayveri (loyiha rahbari Amir Mardiev)
  • “Daily” loyihasi (hamkor rahbar Jasur Mubashirov, loyiha rahbari: Umirzakov Bekzod)

Ushbu tashabbuslar bevosita korporativ madaniyat, xodimlarning qoniqishi va jamoalar ishining samaradorligiga ta’sir qiladi — bu esa HR-brendning jozibadorligini ta'minlaydigan asosiy omillardir.

Maqsadni belgilash yetakchilik poydevori sifatida

To‘rtinchi sessiya Timur Yodgorovning moslashtirilgan metodikasi bo‘yicha oliy maqsadni belgilashga bag‘ishlandi. Bu vosita ishtirokchilarga shunchaki maqsadlarni shakllantirishga emas, balki aniq ustuvorliklar va ko‘rsatkichlarga ega harakatlar strategiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Bu tashkilot ichidagi mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilgan madaniyatni kuchaytiradigan ongli, yuqori motivatsiyali rahbarlarni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Keyingi qadam — muvaffaqiyatni kengaytirish

Ishtirokchilar navbatdagi bosqichga o‘tmoqdalar: ekspert tavsiyalarini amalga oshirish, belgilangan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish va muvaffaqiyatli yechimlarni kengaytirish. “Liderlar” dasturi shuni ko‘rsatmoqda, xodimlarni rivojlantirishga sarmoya kiritish — kompaniyaning barqaror kelajagiga qaratilgan investitsiyalardir.

“Liderlar” dasturi IT Park Uzbekistan HR-brendini mustahkamlashda muhim vositalardan biridir. Ishtirokchilarning faolligi, tashabbuskorligi va yuqori motivatsiyasi tufayli IT Park o‘zini zamonaviy, rivojlanayotgan va innovatsiyalarga ochiq ish beruvchi sifatida namoyon etmoqda.

2025-05-02