“Web Summit Spotlight: Uzbekistan” va “ICT Week Uzbekistan 2025” doirasida istiqbolli startaplarni potensial investorlar bilan bog‘lash maqsadida noyob netvorking tadbiri — “Investors Room” tashkil etildi.
Tadbir formati qisqa 5 daqiqalik taqdimotlarni o‘z ichiga oldi, shundan so‘ng ishtirokchilar O‘zbekiston, Yevropa, MENA mamlakatlari va AQShning biznes farishtalari hamda venchur fondlari vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
“Investors Room” tadbirida 50 dan ortiq startap va 28 nafar investor ishtirok etdi. Maydon ikki sektorga ajratildi:
Alpha — 50 000 dollardan 500 000 dollargacha bo‘lgan investitsiyalar uchun. Unda 19 ta fond va biznes farishta qatnashdi, jumladan: UzVC, SQB Ventures, AloqaVentures*, IT Park Ventures, Yoshlar Ventures, Imkon Ventures, Sarmo Ventures, Togo-X Capital, Sabah Fund, CS Angels Club, Fuad Taghiyev (Birainy bosh direktori va biznes farishta), AV Ventures, Yellow Rocks VC, Caucasus Ventures, Doha Tech Angels, Tanay VC, Big Sky Capital, Oxora va Orbit Startups.
Beta — 500 000 dollardan 25 million dollargacha bo‘lgan investitsiyalar uchun. Bu toifada 9 ta fond ishtirok etdi: AloqaVentures*, Sturgeon Capital, Most Ventures, Alchemist Doha, Golden Gates VC, Yandex, Azerbaijan-Uzbek Investment Company (AUIC), Purple Ventures va Heartfelt Capital.
AloqaVentures bir vaqtning o‘zida ikkita bo‘limda ishtirok etdi, chunki uning strategiyasi ham kichik miqdordagi, ham 1 million dollardan yuqori bo‘lgan investitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
“Investors Room” yosh jamoalar uchun kapital, ekspert bilimlari va strategik hamkorlikka erishish imkoniyatini taqdim etdi. Sessiya yakunida “Yoshlar Ventures” fondining dastlabki investitsiyalari e’lon qilindi:
Inter Ai — biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun yechimlar ishlab chiqaradigan sun’iy intellekt startapi. Jamoa kompaniyalar samaradorligini oshiradigan va ish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradigan vositalar yaratishga e’tibor qaratadi. Startap 38 000 dollar oldi.
Hisobchi AI — buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan fintech loyihasi. Startap tadbirkorlar va kompaniyalarga moliyaviy boshqaruvni soddalashtirish va xarajatlarni kamaytirishga ko‘maklashadi. Startap 37 500 dollar oldi.
Educoin — blokcheyn texnologiyalari va raqamli ta’lim vositalarini uyg‘unlashtirgan ta’lim startapi. Platforma yoshlarda ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim resurslaridan foydalanish va karyera o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi. “Educoin” 20 700 dollar oldi.
Bundan tashqari, taxminan 10 million dollarlik yumshoq majburiyatlar olindi va bir qator startaplar fondlar bilan keyingi muzokaralarga taklif etildi.
Shunday qilib, “Investors Room” nafaqat O‘zbekistondagi loyihalarga bo‘lgan yuqori qiziqishni tasdiqladi, balki xalqaro bozorlarga chiqishga qodir yangi muvaffaqiyatli kompaniyalarni rivojlantirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi.
Tadbirning axborot hamkorlari: Aniq.uz, Daryo.uz, Frank.uz, Kursiv, Nova 24, The Tech, UzbekFintech, Weproject, Vzglyad.uz va Oriat Dono radiostansiyasi.
2025-09-30