“ICT WEEK UZBEKISTAN 2022” ko’rgazmasida nimalar kutilmoqda?

24-27 oktyabr kunlari O‘zbekistonda IT sohasidagi eng muhim tadbirlardan biri – ICT WEEK UZBEKISTAN bo‘lib o‘tadi.

Bu yil tadbir qadimiy va tarixiy shahar Samarqandda o‘tkaziladi.

AKT haftaligi doirasida matbuot anjumani, BPO sammiti, “Raqamli iqtisodiyot: rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va huquqiy tartibga solish bilan bog’liq muammolar” mavzusida seminar, shuningdek, milliy AKT ko‘rgazmasi ICT EXPO, IT-ta'lim forumi bo’lib o’tadi.

Eslatib oʻtamiz, “ICT WEEK Uzbekistan”2004-yildan buyon har yili o’tkazib kelinayotgan eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.  AKT haftaligi an’anaviy tarzda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi.

Texnologiyalar haftaligining asosiy vazifasi tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yutuqlarni namoyish etish uchun platforma yaratishdan iborat.  Bundan tashqari, bu O‘zbekiston IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish uchun ideal maydondir.

Tadbir dasturi haqida batafsil: www.ictweek.uz

2022-09-08