“INNOPROM. Markaziy Osiyo”: IT Park bilan hamkorlik istiqbollari

2022-yil 25–27-aprel kunlari Toshkentda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda IT Park Direktori o‘rinbosari Bohodir Ayupov va IT Park vakillari ishtirok etdilar.

Ko‘rgazma doirasida IT Park salomatlikni masofaviy monitoring qilish platformasi ishlab chiqaruvchisi “Mercator Holding” bilan uchrashdi. Tomonlar 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan IT-loyihalar yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildilar, hamda, IT-kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra “Mercator Holding” kompaniyasi IT Park rezidentlari safiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

IT Park, hamda, savdo va chakana savdo uchun naqd pulsiz toʻlovlarni qabul qiluvchi “Vendotek” kompaniyasi bilan ham uchrashdi. “Vendotek” rahbariyati kompaniyani kengaytirish va IT Park qarorgohiga kirish uchun oʻz faoliyatini kengaytirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Qolaversa, biznes uchun universal blokcheyn-platformasi va “Waves enterprise” davlati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda IT Park rezidentlari bilan hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ko‘rgazma doirasida IT Park elektron tijorat uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi “Genesis block” bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.  Kompaniya IT Park rezidenti bo‘lish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Rezident boʻlish istagini “Visitech” (mehnatni muhofaza qilishni avtomatlashtirish, sanoat xavfsizligi, ish samaradorligi), “Inphonetics” (optoelektronika, fatonika va IT infratuzilmasini yaratish sohasida tizim integratori) va “Omega future” (Davlat sektori va xususiy biznes uchun axborot tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha Rossiya bozori yetakchisi) ham bildirganlar.

2022-04-28