Butun dunyo boʻylab innovatsion loyihalarni qidiruvchi va ularga sarmoya kirituvchi MOST Ventures venchur fondi Investment Readiness Accelerator (IRA) akselerator dasturining navbatdagi oqimi boshlanganini eʼlon qiladi.
Investment Readiness Accelerator – bu butun Markaziy Osiyodan investorlar, venchur fondlari spikerlari, biznes farishtalari koʻmagida startaplar uchun investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha noyob dasturdir. IRA Olma-ota shahar hokimligi va Olmaota shahar raqamlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda IT Park Uzbekistan axborot koʻmagida amalga oshirilmoqda.
Akseleratsiya Olma-otada oflayn rejimda amalga oshiriladi. Dasturning davomiyligi ikki oy. MOST HUB Almaty doirasida ishtirokchilarga dastur davomida bepul kovorking, MOST Ventures bosh hamkorlari va biznes-angel investorlari UMAY Angels Club tomonidan treninglar va maslahatlar beriladi.
Akselerator ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
Arizalar 11-iyunga qadar MOST Ventures rasmiy veb saytida https://mostfund.vc/ira orqali qabul qilinadi.
Taʼkidlash joizki, dastur dastlab Qozogʻistonda ishga tushirilgan boʻlsa, hozirda u kengaymoqda va Markaziy Yevroosiyo: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya startaplari uchun ochilmoqda.
IRA startaplar uchun koʻplab imkoniyatlarga ega, jumladan 500 000 dollargacha investitsiyalar, shaxsiy farishta investoridan maslahat, oʻsish surʼati va investitsiya uchun startapni tayyor holatga keltirish jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
2023-05-25