4, 6 va 8-sentabr kunlari IT sohasidagi dolzarb tendensiyalarga bagʻishlangan bir qator onlayn maʼruzalar boʻlib oʻtadi.
4-sentabr kuni soat 16:00 da “Blokcheyn texnologiyalari dunyosi bilan tanishuv” mavzusidagi tadbir boshlanadi. Yetakchi maʼruzachi — Aleksandr Belenov, blokcheyn sohasidagi mutaxassis. U blokcheynning ijobiy va salbiy tomonlarini yoritib beradi, tokenizatsiya konsepsiyasini taqdim etadi, shuningdek kelgusi yillarda ushbu sohaning jadal rivojlanish istiqbollarini bayon qiladi. Shu bilan birga, Markaziy banklarning raqamli valyutalari (CBDC) va Web 3.0 konsepsiyasi masalalari koʻrib chiqiladi.
6-sentabr kuni soat 16:00 da “Blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda real biznes-keyslar” mavzusida ikkinchi maʼruza boʻlib oʻtadi. Maʼruzachilar sifatida Valeriy Gorgadze va Aleksandr Belenov qatnashishadi. Blokcheyndan samarali foydalangan holda amalga oshirilgan va ishlab chiqish jarayonida boʻlgan loyihalar taqdim etiladi.
8-sentabr kuni soat 16:00 da “DeFi: Murakkablik haqida sodda til bilan” mavzusiga bagʻishlangan yakuniy uchrashuv boʻlib oʻtadi. Maʼruzachilar Valeriy Gorgadze va Aleksandr Belenov markazlashmagan moliya (DeFi) sohasidagi murakkab gʻoyalar qanday ishlashi, ushbu yoʻnalishning hozirgi tendensiyalari va kelajakdagi istiqbollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashadilar.
Ishtirok etish bepul, havola orqali oldindan roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
2023-08-18