IT-mutaxassisining hikoyasi: 25 yoshda qanday qilib oyiga $1300 ishlab topish mumkin?

Rubrikamizning qahramoni – Mirshod Sharipov. Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tug‘ilgan. Hozir u 25 yoshda va uning ortida bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar bor.

Mirshod 2020-yilda dasturlash kurslariga qatnab, oʻz yoʻlini boshladi. Bir necha oydan soʻng, u oʻzining birinchi loyihasini ishga tushirdi.

Hozir Mirshodning jamoasi 12 kishidan iborat. Bugungi kunda ular dasturlash va 3D modellashtirish, robototexnika, hamda, sxemotexnika sohalarida yangi startaplar ustida ishlamoqdalar.

Qahramonimiz, loyihalarda ishtirok etishdan tashqari, Buxoro viloyatidagi IT Park filialida dars beradi. U web-dasturlash, kompyuter grafikasi va robototexnika boʻyicha kurslarni olib boradi. Hozir yosh ustozning 450 nafar shogirdi bor.

Ustoz sifatida ishlash va o‘z loyihalarida ishtirok etish o‘z samarasini bermoqda: shu kungacha Mirshod oyiga taxminan $1300 maosh oladi.

2022-05-27