IT-mutaxassisining hikoyasi: dasturlash sohasida oyiga $700 ortiq daromad olish

Biz yosh iqtidorli mutaxassislar haqida gapirishda davom etamiz! Ular yoshiga qaramay, katta muvaffaqiyatga erishishlari va hatto daromad olishlari mumkin.

Bugungi ruknimiz mehmoni – Izzatbek Mahmudjonov. 2002-yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan.

Izzatbek yoshligidan IT sohasiga qiziqqan. Keyin u dasturlashning asosiy koʻnikmalarini mustaqil ravishda oʻzlashtira boshladi. Izzatbek 18 yoshida IT sohasiga boʻlgan qiziqishi uni Xorazm viloyati IT Park filialida “Backend” kurslariga olib keldi.

Qahramonning aytishlaricha, u doimo yaxshi IT mutaxassisi boʻlishni va yaxshi daromad olishni orzu qilgan.  Kompyuter texnologiyalariga boʻlgan muhabbat oʻz samarasini berdi: bugungi kunda u “UMD Soft” dasturiy taʼminot kompaniyasida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Ushbu kompaniya IT Park rezidenti hisoblanadi.

Bundan tashqari, yosh mutaxassis IT Markazda dars beradi.  Izzatbek hali o‘qituvchilik sohasida katta tajribaga ega bo‘lmasa-da, o‘qituvchilik faoliyati unga katta quvonch baxsh etishini tan oladi, chunki u boshqalar bilan bilim almashishni, IT sohasi rivojiga hissa qo‘shishni yaxshi koʻrardi.

Hozir kompaniyada ishlash va oʻqituvchilik faoliyati Izzatbekka yaxshi daromad keltirmoqda. U oyiga 700 dollardan koʻp maosh oladi va shu bilan to‘xtab qolishni xohlamaydi. Yosh mutaxassisning orzusi FAANG kompaniyalariga (beshta kompaniya – jahon texnologiya yetakchilari: Facebook, Amazon, Apple, Netflix va Google) ishga joylashish.

2022-09-23