IT-mutaxassisining hikoyasi: o'ninchi sinf oʻquvchisi qanday qilib oyiga taxminan $500 daromad oladi?

IT Park o'quvchilarning muvaffaqiyatga erishishlariga yosh to'sqinlik qilmasligini isbotlay olgan mutaxassislarning hikoyasini e'lon qilishda davom etadi.

Rubrikaning bu galgi qahramoni Alovuddin Kambarov. U 2005-yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tugilgan.

Alovuddin IT sohasiga oʻz yoʻlini 15 yoshida, Gulistonda dasturlash kurslariga borganida boshlagan.

Ikki yil davomida u oʻz mahoratini oshirish uchun koʻp mehnat qildi. Alovuddin Java va Kotlin kabi dasturlash tillarini oʻrgangan. Ammo bizning qahramonimiz nazariyaga toʻxtalishni istamadi: oʻz ishiga boʻlgan muhabbat va oʻz ustidagi mashaqqatli mehnat unga loyihada ishtirok etish taklifini olishga yordam berdi. S.O.S loyihasi bilan hamkorlik qilib, yosh isteʼdod oʻzining $500 miqdoridagi birinchi pulini qoʻlga kiritdi.

Ayni paytda Alovuddin 10-sinfda oqiydi va NAPA Systems IT-kompaniyasida junior-dasturchi bolib ishlaydi. Yosh mutaxassisning oylik daromadi 500 dollarni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda Alovuddin IT-sohasidagi bilimlarini mustahkamlashda davom etmoqda va oz loyihalari ustida ishlamoqda.

2022-07-22