IT-mutaxassisining hikoyasi: talaba qanday qilib oyiga $2000 daromad oladi?

IT Park oʻquvchilarning muvaffaqiyatga erishishlariga yosh toʻsqinlik qilmasligini isbotlay olgan mutaxassislarning hikoyalari bilan bolishishni davom etmoqda.

Rubrikaning bu galgi qahramoni Mirislom Mirabzalov. U Toshkent shahrida tugilib osgan.

Maktabda Mirislom kompyuter fanini yaxshi koʻrardi. Shunda ham u oʻz hayotini IT bilan bogʻlamoqchi ekanligini angladi. Bu oʻnga bolgan mehr uni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga, songra Toshkentdagi Amity Universitetiga olib keldi, u yerda hozir 3-kursda oʻqiydi.

Iqtidorli talaba OTMʼdagi oqishini oqituvchilik faoliyati bilan uygunlashtirmoqda: hozirda Mirislom Termiz shahridagi IT Markazda Full stack yonalishida dars bermoqda va AD.Avzal.uz loyihasi asosida Surxondaryo viloyatidagi IT Park rezidentlari qatoriga qoshilgan holda 17 ta loyiha ustida ishlamoqda.

Yosh mutaxassisning maqsadi Ozbekistonning IT-sohasini rivojlantirish va mamlakatimizni boshqa rivojlangan davlatlar qatori jahon axborot texnologiyalari markaziga aylantirishga komaklashish.

Bundan tashqari, frilans yoʻnalishi Mirislom uchun katta ahamiyatga ega. U Sharqiy Yevropadagi mashhur FL.ru frilans-birjasining faol aʼzosi va Height (@Height.company) deb nomlangan autsorsing buyurtmalarini bajaradigan oʻz kompaniyasini yaratishga muvaffaq boʻldi.

2022-07-29