IT-mutaxassisining hikoyasi: yosh iqtidor qanday qilib oyiga taxminan $500 daromad oladi?

IT Park yoshdan qatʼiy nazar yaxshi pul ishlab topishingiz mumkinligini isbotlagan yosh mutaxassislarning hikoyalarini eʼlon qilishda davom etmoqda.

Rubrikaning bu galgi qahramoni – Salohiddin Fayzullayev – imkoniyati cheklangan yigit. Salohiddin Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 12 yoshida u Chortoq IT School oʻquv markazida veb-dasturlash kursida qatnashib, IT sohasiga birinchi qadamini tashladi. U yerda oʻqituvchilar yosh mutaxassisning isteʼdodini payqashdi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng Salohiddin o‘zining birinchi daromadini oldi – u o‘z hududidagi tadbirkorlar uchun veb-saytlar yaratdi.

Hozir u 13 yoshda va mustaqil freelanser. Bugungi kunga qadar u 20 dan ortiq saytlarni muvaffaqiyatli ishga tushirdi, biroq yosh aytishnik bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas.

Salohiddinning oylik daromadi $500 va bu miqdor o‘sishda davom etmoqda. Iste’dodli mutaxassis o‘z misolida istak, matonat va mehnat bilan nima bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘p narsaga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

2022-07-15