Endi IT Park rezident muassasalari bitiruvchilari ham uskunalar xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-avgustdagi PQ-350-son Qaroriga muvofiq IT-mutaxassislar va talabalar uchun iste’mol krediti olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endi IT Park rezidenti bo‘lgan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga ham uskunalar xarid qilish uchun kreditlar berilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim bilan shug'ullanuvchi rezident tashkilotlarning reyestri IT Park tomonidan elektron axborot tizimi shaklida yuritiladi hamda zarur hollarda tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilinadi.
Kredit AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 25 BHM dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi.
Buning uchun quyidagilar lozim:
Kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari Agentligi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Asosiy qarz qarz oluvchining oʻzi toʻlaydi.
Arizani qanday toʻldirib yuborishni oʻrganish uchun videoni tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=iQOazQ7P19w
Kompyuter xaridi uchun foizsiz kredit olishga ariza topshirishga shoshiling!
2022-12-10