29-noyabrda $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega, IT Park va Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil qilingan sport dasturlash boʻyicha Oʻzbekistondagi ilk onlayn chempionat start oladi.
Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.
Onlayn chempionat 2 bosqichga boʻlinadi:
1-bosqich: Saralash turi.
Saralash turi 28-29-noyabr kunlari boʻlib otadi. Ushbu tur doirasida barcha arizachilar chempionatning finaliga yoʻl olish va $30 000 sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish maqsadida vazifalarni bajarishadi.
2-bosqich: Final.
5-6-dekabr kunlari eng yaxshi ishtirokchilar gʻoliblik maqomi uchun kurashuvchi final bosqichi boʻlib oʻtadi.
Jami 6 nafar ishtirokchi gʻolibga aylanadi va ular oʻrtasida $30 000 sovrin jamgʻarmasi taqsimlanadi.
Yosh kategoriyalari:
A kategoriya – 30 yoshgacha (murakkablashtirilgan vazifalar)
B kategoriya – maktab oʻquvchilari (osonlashtirilgan vazifalar)
Muhimi, sizda IT boʻyicha bilim bor yoki yoʻqligi ahamiyatga ega emas, istalgan xohlovchi ishtirok etishi mumkin.
Talablar:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish.
- One Million Coders kurslaridan birini bitirganlik haqida sertifikatga ega boʻlish.
Muhim:
IT Park Cup saralash bosqichida ishtirok etgan talabalar avtomatik ravishda Oʻzbekistondagi ICPC chorak finalida ishtirok etishlari mumkin.
Maʼlumot oʻrnida:.
epark.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.
Ishtirok etish uchun havola boʻyicha oʻtib, roʻyxatdan oʻting: https://sport-programming.uz/
2020-11-23