IT Park 35 ta kompaniyani rezident maqomidan mahrum qildi

O‘zbekiston IT-kompaniyalari uchun qulay shart-sharoitlarga ega mamlakat maqomini saqlab qolishni davom etmoqda. Maxsus soliq rejimi tufayli IT Park rezidentlari soni har oy barqaror oʻsib bormoqda.

Biroq, rezidentlarning IT Park oldidagi majburiyatlari bor, ularga rioya qilmaslik maqomdan mahrum boʻlishga olib keladi.

Shunday qilib, bugungi kunda 35 ta kompaniya o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun IT Park rezidenti maqomidan mahrum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, IT Park rezidentlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori talablariga muvofiq faoliyat yuritishi va IT Park rezidenti faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarishi shart.

Xususan, asosiy majburiyatlar qatoriga quyidagilar belgilandi:

• biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;

• IT Parkʼga har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;

• har yili moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Parkʼga yuborish;

• rezidentning IT Park bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

Nizom talablarini buzgan rezidentlar IT Park rezidenti maqomidan mahrum etiladi. Soliq tashkilotlari esa imtiyozlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilish choralarini ko‘radi.

IT Park rezidenti maqomidan mahrum boʻlgan kompaniyalar Roʻyxati:

2022-11-30