IT Park AQShʼda oʻz vakolatxonasini ochdi!

2020 yilning 18 avgust kuni IT Park xorijiy buyurtmalarni Oʻzbekiston hududiga jalb qilish yoʻlida navbatdagi qadamini tashladi — AQShning Delaver shtatida oʻz vakolatxonasini rasman roʻyxatdan oʻtkazdi.

Vakolatxona IT Park rezidentlari xizmati va mahsulotlarini xalqaro bozorlarda ilgari surish, startap loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy kompaniyalar va frilanserlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning autsorslarini koʻpaytirish maqsadida ochilgan.

Nega aynan AQSH?

Bugungi kunda AQSH dunyodagi eng yirik IT bozorlaridan biri hisoblanadi, CompTIA (Amerika kompyuter texnologiyalari uyushmasi) bergan maʼlumotga koʻra, AQSH ning axborot texnologiyalari bozoridagi hajmi 2019 yilda 1,7 trln dollarni tashkil etgan va bu butunjahon IT bozorining 32% demakdir. AQSH jahon autsorsing bozorining 68% ni tashkil etadi. Hozirgi kunda AQSH bozoriga IT xizmatlarini eksport qiluvchilar, asosan Hindiston, Xitoy, Malayziya va Braziliya.

IT Parkning aynan AQSH hududida birinchi vakilligini ochilishi ham mazkur davlatda rivojlanayotgan davlatlardagi IT tashkilotlarini jalb qilish hisobiga oʻz mahsulotlarini arzonlashtirishga ehtiyoji bor dunyoning yirik IT kompaniyalari joylashganligida.

IT Park AQSH vakolatxonasining maqsadlari

Vakillikning asosiy vazifasi milliy mahsulot va xizmatlarimizni AQSH bozoriga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitni yaratishdan iboratdir.

Vakillik AQSH da yurtimiz kompaniyalari xizmat va mahsulotlari ommabopligini oshirish, reklama ishlarini olib borish, buyurtmalar topish, IT Park rezidentlari va AQShʼlik buyurtmachilar oʻrtasidagi shartnomalar imzolanishini ragʻbatlantirishni oʻziga vazifa qilib olgan.

Bundan tashqari, vakillik ikki taraf uchun kafolat vazifasini oʻtaydi – buyurtmachi uchun bajarilgan ish sifati, bajaruvchi uchun esa, taqdim etilgan xizmatga yarasha haq toʻlanishini taʼminlaydi. Buning uchun jahon standartlariga mos keluvchi sugʻurta va kafillik tizimlari tatbiq etiladi.

Shuni taʼkidlash joizki, bir qator IT Park rezidentlari AQSH, Yevropa va MDH davlatlari bozoriga allaqachon moslashib ulgurishgan. Shu oʻrinda, 2020 yil birinchi yarim yillikda rezidentlar tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 6 mln dollardan oshgan.

Vakolatxonaning yana bir oʻziga xos jihati, AQSh IT bozori bilan yaqindan tanish boʻlgan, AQSH IT sektori va ishga aloqador munosabatlar borasida yaxshi tajribaga ega boʻlgan, AQSH hududida istiqomat qiluvchi shaxs (AQSH fuqarosi yoki hamyurtlarimiz) tanlov asosida vakil etib tayinlanadi.

IT Park vakolatxonasi faoliyati bir vaqtning oʻzida ham It Park-a vakolatxonasining ishi, xususan, it sohasida faoliyat yuritayotganlar bilan ham, AQShda ham vakil, ham yurtdoshlarimiz orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Afzalliklari

IT xizmatlarni eksport qiluvchi mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasi shuni koʻrsatadiki, xorijiy bozorlarni oʻzlashtirishda asosiy omillar ishlab chiqarishning arzonligi va mamlakatda yetarli soha mutaxassislarining mavjudligi hisoblanadi. 

Bu borada Oʻzbekistonda yetarlicha imkoniyatlar yaratilgan. Hukumat tom onidan amalga oshirilayotgan chotra-tadbirlar natijasi oʻlaroq, Oʻzbekistondagi IT kompaniyalari barcha soliq toʻloqvlaridan ozod etilgan, mahsulotni chetga olib chiqishda esa, bojxona imtiyozlari taqdim etilgan. Bularning barchasi, mahsulot tannarxi tushishi va shu orqali uni tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Inson kapitalini IT sohasida rivojlantirish IT Park faoliyatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi, zero, malakali kadrlarsiz mamlakat IT xizmatlari eksportini oshirish mumkin emas.

IT Park tomonidan IT avlodini yaratish maqsadida:

  • 100 mingdan ziyod yoshni tayyorlashga moʻljallangan “One million Uzbek coders” dasturi amalga oshirilmoqda;
  • mamlakatimizning barcha hududlarida IT-Markazlar tashkil etilmoqda (2021 yilga kelib, 188 ta markaz tashkil etiladi). Bugunga qadar IT -Markazlarida 8 ming kishi oʻqitildi;
  • oliy taʼlim muassasalari tomonidan har yili axborot texnologiyalari sohasida 5 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlanadi.

IT xizmatlarini eksport qilish mutaxassislar uchun zarur infratuzilma va ish sharoitisiz mumkin emas. Buning uchun 24/7 rejimida xorijiy platformalarni texnik qoʻllab-quvvatlash uchun uzluksiz elektr taʼminoti, yuqori tezlikdagi Internet va zarur jihozlar talab qilinadi.

Ushbu muammoni hal etish maqsadida mamlakatimiz viloyat markazlarida IT Park filiallari ochilmoqda (hozirgi vaqtda uchta filial toʻliq ish boshlagan), mazkur hududiy boʻlimlar IT mutaxassislari uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan jihozlangan.

Natija

Mazkur strategiya amalga oshirilishi natijasida 2023 yil uchun quyidagilar rejalashtirilgan:

— 100 mln dollarlik IT eksportga erishish;

— 500 mingdan ortiq oshirish malakali IT mutaxassislarini tayyorlash;

— IT sohasida 15 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

Gap soʻnggida shuni taʼkidlash lozimki, IT Parkning AQSh dagi vakolatxonasi xorijiy IT buyurtmalarni jalb qilish yoʻlidagi birinchi qadam boʻladi. Kelgusida Avstraliya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yevropa Ittifoqi davlatlari kabi mamlakatlarda bunday vakolatxonalar ochilishi rejalashtirilgan. Biz IT sohasini rivojlantirish va ragʻbatlantirish, hamda Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida jahon boʻylab vatandoshlarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.

 

2020-08-25