IT Park CS:GO va DOTA 2 bo‘yicha keng ko‘lamli turnirni o‘tkazadi

IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, hamda, O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi ko‘magida FRAG.GG kibersport portali bilan birgalikda CS:GO va DOTA 2 yo‘nalishlari bo‘yicha SHHTʼga aʼzo-davlatlar talabalari oʻrtasida SCO STUDENTS CUP chempionatini o‘tkazadi.

Tadbir SHHT sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Toshkentga oʻz mamlakatlarining chempionlari yetib kelishadi va toʻrt kun mobaynida sahnada gʻoliblar aniqlanadi.

Shu munosabat bilan barcha talabalar O‘zbekistonning ochiq bosqichlari – SCO STUDENTS CUP: UZBEKISTAN QUALIFICATIONʼga taklif etiladilar.

Turnir tufayli boʻlajak xalqaro turnirda Oʻzbekiston sharafini kim himoya qilishi malum boʻladi.

G‘oliblar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiluvchi xalqaro turnirning final bosqichiga yo‘l oladilar.

Oʻzbekistondagi eng yirik va eng masshtabli turnirga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
https://frag.gg/tournament/184

Arizalar 7-maygacha qabul qilinadi. Joylar soni cheklangan.

2022-05-02