“IT Park Cup” sport dasturlash chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

5-15 dekabr kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida IT Park tashabbusi orqali “Dubai Future Foundation” bilan hamkorlikda sport dasturlash va sunʼiy intellekt boʻyicha “IT Park Cup” boʻlib oʻtadi. Tanlovning jami mukofot jamg’armasi 20 000 dollarni tashkil qiladi!

Kimlar ishtirok eta oladi?

“One Million Uzbek Coders” onlayn kurslaridan birini muvaffaqiyatli tamomlaganlik sertifikatiga ega boʻlgan 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha manfaatdor shaxslar ishtirok etishlari mumkin.  Chempionat ishtirokchilari nafaqat o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari, balki butun mamlakat bo‘ylab o‘z mahoratlarini namoyish etishlari mumkin!

Chempionatda nechta bosqich bor?

Musobaqalar sport dasturlari va sun’iy intellekt bo‘yicha alohida o‘tkaziladi va g‘oliblar ikki bosqichda – saralash (onlayn) va yakuniy (oflayn) bosqichlarda aniqlanadi.

G’oliblar qanday mukofotlarga sazovor boʻlishadi?

Chempionatning har bir yo‘nalishi bo‘yicha 2 tadan jami 4 nafar g‘olib aniqlanadi.  G‘olib bolgan ishtirokchilar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:

1-o’rin – 6500 dollar

2-o‘rin – 3500 dollar

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Ishtirok etish uchun 1 dekabrgacha https://cabinet.sport-programming.uz havolasida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Batafsil ma’lumotni IT Park Cup veb-saytidan bilishingiz mumkin: https://sport-programming.uz

Savollaringiz bormi?

Telefon raqam: +998 71 209 11 99 

Elektron pochta manzili: info@it-park.uz

2021-10-29