IT Park delegatsiyasi Bosh vazir maslahatchisi boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi

2020-yil 26-27-iyun kunlari IT Park delegatsiyasi Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi bir qator obyektlar, taʼlim muassasalariga tashrif buyurib, mahalliy IT-mutaxassislar bilan suhbatlashdi.
 

Delegatsiya Nukus shahridagi umumiy maydoni 12 000 metr kvadrat boʻlgan 16 qavatli binodan iborat IT Park filiali qurilishi amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi. Binoda oʻquv xonalari, mobil robototexnika, kibersport, IT-laboratoriyalar, konferens-zallar, IT-markaz, kovorking markazlari, ofis binolari joylashadi.

Filial 700 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratishi mumkin. Bino 2021 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

IT Park filiallarining asosiy vazifasi – ITʼni oʻrganishni va IT va tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishni istagan oʻxshash fikrlovchi odamlarning bilim va tajribalarini almashish.

Eʼtiborlisi, Nukus shahri aholisi 312 ming kishini tashkil etadi, shundan 53% yoshlar hisoblanadi. “One Million Uzbek coders” platformasida 1100 dan ziyod yosh yigit-qiz roʻyxatdan oʻtdi va 106 nafar talaba kursni tugatib, oʻz sertifikatlariga ega boʻlishga ulgurdi.

Nukusda qurilayotgan 4 qavatli IT-markazning umumiy maydoni 70 metr kvadratni tashkil etadi va oʻzida quyidagilarni jamlaydi:

kovorking hududi;

oʻquv xonalari;

mobil robototexnika va kibersport uchun auditoriyalar;

VR/AR va 3D laboratoriyalar;

Konferensiyalar zali;

ofis maydoni.

 

Taʼkidlash joizki, IT Park goʻzallik va boshqa tashqi omillarni yaratishga intilmaydi. IT Park, oʻquvchilar va boshlangʻich mutaxassislarni ish va taʼlim uchun zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlashga koʻproq eʼtibor berishga harakat qiladi. Shuningdek, xorijiy buyurtma va loyihalarni amalga oshirish uchun 24/7 rejimidagi ish tartibi, uzluksiz elektr taʼminoti, yuqori tezlikdagi Internet, zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlashga va yuqori sifatli taʼlim kurslariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida delegatsiya TATU Nukus filialiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda abituriyentlarni qabul qilish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, IT-markazlarda davlat xizmatchilarini oʻqitishning muhimligi, shuningdek, onlayn taʼlim masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ilmiy maqolalar chop etish orqali talabalarning omon qolish darajasini oshirishga kelishib oldilar.

 

 

Bundan tashqari, Bosh vazir maslahatchisi TATU filiali va Nukus shahridagi IT Park filialining yaqin hamkorligi muhimligini taʼkidladi. TATUʼning eng yaxshi talabalari IT parkda amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar. Ular universitetni tamomlab amaliy tajriba orttirishlari va yuqori malakali mutaxassislar boʻlishlari mumkin.

IT kompaniyalar, IT-mutaxassislar, frilanserlar, startap-jamoalar va talabalar oʻrtasida netvorkinga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda, Shuning uchun Nukusda Qoraqalpooʻiston IT-hamjamiyati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda delegatsiyalar norasmiy sharoitda ishtirokchilar bilan tanishish, ular bilan muloqot qilish va IT sohasida ishlash vaqtida qanday muammolarga duch kelishlarini bilish imkoniga ega boʻldi. Ushbu norasmiy uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻrtasida tajriba va bilim almashish hamda ushbu sohadagi mavjud muammolarni monitoring qilish uchun IT hamjamiyatning barcha vakillari oʻrtasida netvorkingni yaxshilash rejalashtirilgan.

 

 



Xorazm viloyati hokimi bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mavjud Aloqa kolleji negizida IT Park filialini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Ushbu kollej Urganch shahrining markazida joylashgan boʻlib, u yoshlar uchun harakat va joylashuv nuqtai nazaridan qulay hisoblanadi.

Shuningdek, Urganch shahrida delegatsiya Urganch axborot va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida IT Park rezidentlari, startap jamoalar, frilanserlar, oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. 

Uchrashuvda professional kadrlar mavzusiga, ularning yetishmasligi va tayyorgarligiga, xususan, informatika boʻyicha taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.


 

Ushbu uchrashuvdan soʻng delegatsiya “Xorazm” innovatsion texnoparki faoliyati bilan tanishdi va texnopark direktori, Urganch davlat universiteti rektor va prorektori bilan suhbatlashdi.

Tomonlar talabalarni oʻqitish, kompyuter savodxonligi oʻqituvchilari, talabalar uchun texnoparkda amaliyot dasturini amalga oshirish, shuningdek, startap jamoalarni rivojlantirish uchun inkubatsiya markazini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.




Nihoyat, delegatsiya Bogʻot va Xonqa tumanlarida joylashgan ikkita IT-markaz qurilish hududiga tashrif buyurdi. Oʻqituvchilar malakasini oshirish, IT-markazlarni zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash; “One Million Uzbek Coders” platformasida oʻqituvchilarni oʻqitish va IT-markazlarda davlat xizmatchilarining malakasini oshirishni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

2020-06-30