IT Park delegatsiyasining Bangladeshga safari natijalari

7-dekabr kuni IT Park delegatsiyasi Bangladeshga ish safari doirasida yetakchi BPO va “Dohatec New Media” va “Genex Info” IT kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Dohatec New Media” mustaqil dasturiy ta’minot (ISV) texnologik kompaniyasi bo’lib, u 25 yildan ortiq vaqtdan beri Shimoliy Amerika, Osiyo va Yevropadagi korporativ mijozlar uchun yechimlar ishlab chiqmoqda. Kompaniya korporatsiyalar, muassasalar va davlat idoralari uchun bozor ehtiyojlarini qondirish uchun korporativ dasturiy ta’minot va IT xizmatlarini taqdim etadi.

“Dohatec New Media”boshqaruvi vakillari bilan uchrashuv davomida muloqot ishtirokchilari bir nechta qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilindi. Xususan, tomonlar O‘zbekistonda “Dohatec New Media” kompaniyasining yana bir ofisini ochishga kelishib oldilar.

“Genex Info” kompaniyasi vakolatxonasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar IT-autsorsingni rivojlantirish va BPO sohasida kelgusida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar va bir nechta qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida “Genex Info” kompaniyasi vakillari mamlakat IT-bozori va IT-kompaniyalar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

“Genex Info” 4000 dan ortiq mutaxassislarga ega Bangladeshdagi eng yirik BPO kompaniyalaridan biridir. Bu mamlakatdagi birinchi BPO kompaniyasi. Hozirda uning butun dunyo bo'ylab 130 dan ortiq global hamkorlari mavjud.

Bundan tashqari, 2022-yilning 8-dekabr kuni Dakka shahrida Bangladesh aloqa markazlari va autsorsing uyushmasi (BACCO) tomonidan “Biznesni rivojlantirish uchun hamkorlik: BPO sohasi & IT Park, Uzbekistan” deb nomlangan B2B tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad BPO sanoatini rivojlantirishda ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Sessiya Oʻzbekiston kompaniyalari va BACCO aʼzolari oʻrtasidagi hamkorlik va biznes imkoniyatlarini oʻrganishga bagʻishlandi.

BACCO Bosh kotibi Touhid Hossain tabrik so‘zi davomida O‘zbekistondagi IT Park bilan aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi va kompaniyalarga kelgusi yillarda yanada samarali hamkorlik tiladi.

Sessiyaning maxsus faxriy mehmoni sifatida Bangladesh yuqori texnologiyalar parki vakolatxonasi boshqaruvchi direktori Bikarna Kumar Ghosh ishtirok etdi va barchaga Bangladesh hukumatining AKT sohasida erishgan yutuqlari va tashkilot faoliyati haqida soʻzlab berdi.

Tadbirning markaziy qismi B2B sessiyasiga bag‘ishlandi. Sessiya davomida IT Park Uzbekistan direktori o‘rinbosari Abdulahad Qo‘chqorov tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistondagi BPO sanoatining bugungi holati va ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha IT Park faoliyati haqida so‘zlab berdi. IT Parkning BPO bo‘limi rahbari Farruh Erkinov va IT-Academy direktori Dmitriy Ten ham O‘zbekistonda BPO-sohasi erishayotgan yutuqlar haqida gapirib, sessiya ishtirokchilarining barcha savollariga javob berishdi.

Bangladesh AKT departamenti katta kotibi Zeaul Alam respublikaning amaldagi hukumati AKT sohasi va BPO sohasini rivojlantirishga qaratilgan turli tashabbuslarga homiylik qilayotganini ta’kidlab, xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun bu kabi tadbirlarni tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

B2B sessiyasida jami 40 nafar BACCO aʼzosi ishtirok etdi. Ushbu sessiya jahon bozorida ishlash uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratish va ikkala mamlakat uchun BPO yo‘nalishini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

2022-12-10