IT Park delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Singapurga tashrif buyurdi. Safardan koʻzlangan maqsad hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va Oʻzbekistonning IT-autsorsing va startaplar eksporti sohasidagi imkoniyatlari haqida maʼlumotlarni ommalashtirishdan iborat.
31-oktabrdan 2-noyabrga qadar delegatsiya butun dunyo boʻylab yetakchi texnologiya vakillari, tadbirkorlar, akseleratorlar, investorlar va startaplarni birlashtirgan “Singapore Week of Innovations and Technologies” (SWITCH) koʻrgazmasida ishtirok etdi,
Koʻrgazmada dunyoning 102 davlatidan 9000 dan ortiq ishtirokchi va 5700 ta tashkilot ishtirok etdi.
Koʻrgazma ishtirokchilari Oʻzbekistonning rivojlanayotgan axborot texnologiyalari bozori va IT Park tomonidan eksportga yoʻnaltirilgan kompaniyalar uchun taqdim etilayotgan yangi sharoitlar, shuningdek, IT-kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar bilan tanishdilar. Axborot texnologiyalari sohasidagi yosh mutaxassislarning ahamiyati va salohiyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, SWITCH konferensiyasida startaplar va venchur kapitali sohasidagi global ekspertlar soʻzga chiqdi. Masalan, Garri Tan — jahonga mashhur “Y Combinator” akseleratori prezidenti va boshqalar.
IT Park stendida shuningdek, Janubiy-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqish uchun oʻz mahsulot va xizmatlarini faol ravishda ilgari surayotgan IT-mahsulotlar boʻyicha “Workly”, “Express24” va “Realsoft” rezident kompaniyalari vakillari ham ishtirok etishdi.
2-noyabr kuni “SWITCH Global” tadbiri doirasida Tayvan, Braziliya, Yaponiya, Koreya va Kanada maʼruzachilarining chiqishlarini oʻz ichiga olgan “Market Access: Uzbekistan” sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistondagi IT va autsorsing sohasidagi kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilindi. Sessiya doirasida IT Park startap ekotizimini rivojlantirish boʻlimi rahbari Jahongir Kagirov Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalar sohasi, IT-kompaniyalar uchun sharoitlar va mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish haqida nutq soʻzladi.
Shuningdek, “Workly” va “Realsoft” vakillari ham oʻz mahsulot va xizmatlarini taqdim etib, shu orqali konferensiya ishtirokchilariga oʻz kompaniyalarining imkoniyatlarini taqdim etishdi hamda potensial mijozlar va hamkorlar eʼtiborini jalb qilishdi. “Workly” kompaniyasi xodimlarni boshqarish boʻyicha innovatsion yechimni, “Realsoft” kompaniyasi esa dasturiy taʼminotni ishlab chiqish sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalarni taklif qildi. Har ikki kompaniya ham tadbir ishtirokchilarida ijobiy fikr va qiziqish uygʻotdi.
3-noyabr kuni IT Park tomonidan Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Singapore Business Federation, Enterprise Singapore, Plug and Play APAC, Singapore Fintech Association va Singapore Fintech Hub bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Uzbekistan — the new outsourcing destination” konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Tadbir “Singapore Fintech Hub” hududida boʻlib oʻtdi va axborot texnologiyalari va biznes jarayonlari sohasidagi Singapur kompaniyalarining 50 dan ortiq vakillarini, shuningdek venchur fondlari va akseleratorlar vakillarini birlashtirdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Mirasqar Magrupov; “Enterprise Singapore” direktori oʻrinbosari Joys Kua va “Singapore Business Federation” direktori Rey Kvan kirish soʻzlari bilan nutq soʻzlashdi.
Jahongir Kagirov Oʻzbekiston IT-ekotizimi, jumladan, bozorga kirish, Oʻzbekistondan autsorsing va autstaffing imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, u “Zero Risk” dasturi haqida gapirib, IT Park rezidentlariga berilgan soliq imtiyozlari haqida gapirdi.
Konferensiya yakunida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, unda IT Park vakillari va rezidentlari singapurlik hamkorlar bilan muzokaralar olib borishdi. Oʻzbekistonda “UNIPRO SOFTWARE”, “Skubbs”, “Risin ventures”, “G7G International” kabi kompaniyalarning vakolatxonalarini tashkil etish va “NGarde” kompaniyasi bilan birgalikda mintaqada startap ekotizimni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
2023-11-07