IT Park direktori Farhod Ibragimov Oʻzbekistonning 40 yoshgacha boʻlgan 40 ta istiqbolli rahbarlari roʻyxatiga kirdi!

IT Park direktori Farhod Ibragimov “Yuksalish” umummilliy harakati versiyasiga koʻra, 40 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekistonning eng istiqbolli rahbarlari TOP-40 taligiga kirdi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat tashkilotlari, vazirlik va idoralarni boshqaruvchi yosh rahbarlar safi anchagina kengaydi.

Bu yil “Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan birgalikda qariyb 100 ta nomzodning 40 nafarini istiqbolli rahbarlar roʻyxati yakuniy reytingiga kiritdi.

Xabar berilishicha, reytingni shakllantirishda nomzodlarning yoshi, ma’lumoti, mutaxassisligi, aholi orasida mashhurligi, islohotlar jarayonida ishtirok etishi va taʼsir darajasi hisobga olingan.

Shu tariqa, IT Park direktori Farhod Ibragimov ilk bor Oʻzbekiston Respublikasining 40 yoshgacha boʻlgan eng istiqbolli rahbarlari roʻyxatiga kiritildi.



Reytingdan ilk bora oʻrin olganlar:

– Oleg Pekos – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari;

– Hilola Umarova – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori;

– Agzam Ikramov –Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi oʻrinbosari;

– Akmalxon Ortiqov – Iqtisodiyot vazirining demografiya, ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

– Bekzot Mavlonov – Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari;

– Bobur Abdinazarov – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari;

– Botir Zohidov – Markaziy bank raisi birinchi oʻrinbosari — Boshqaruv raisi;

– Diana Bayzakova – Xalqaro arbitraj markazi direktori;

– Dilshod Saidjanov – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari;

– Dilnozaxon Kattaxanova – Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari;

– Jamshid Urunov – Biznes-ombudsman oʻrinbosari;

Ilxom Norkuloviqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari;

– Olimjon Toʻychiyev, innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari;

– Otabek Hasanov – Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari;

– Rustam Karimjonov – xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari;

– Sardor Kariyev – Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori;

– Tursunboy Maxkamov – Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari;

– Usman Sharifxadjayev – xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari;

– Xudayor Meliyev – adliya vaziri oʻrinbosari;

– Shodiyor Mamatqulov – maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili ushbu roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasida rahbarlik qiluvchi 35 nafar kadrlardan tashkil topgandi.

 

2020-11-19