IT Park O‘zbekistonda allaqachon o‘z onlayn savdosini ishga tushirgan yoki ishga tushirishni rejalashtirganlar va tadbirkorlar uchun elektron tijorat bo‘yicha “Onlayn Savdo” nomli ta’lim kursini joriy qildi.
Kursning maqsadi - internet-tijorat sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn savdoni rivojlantirishdan iborat.
Kurs 40 soatdan iborat. Uning ichida 18 soat - ma’ruza va ekspert maslahati, 22 soat esa - mustaqil ish uchun ajratilgan.
Kursni yakunlagandan so‘ng, qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz?
- siz O‘zbekistonda savdo platformalari qay holda rivojlanayotgani haqida bilib olasiz hamda ularning ichki oshxonalari bilan tanishib chiqasiz;
- savdo platformalaridagi huquqiy masalalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz;
- onlayn savdo maydonida marketing faoliyatini o‘rganasiz;
- savdo platformasining logistika tizimi qanday ishlashini bilib olasiz;
- brendli onlayn do‘konlar faoliyatini o‘rganasiz.
- va boshqa narsalar haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
Kurs tili: o‘zbek va rus.
Vebinarlar Zoom platformasida bo‘lib o‘tadi, shuningdek, yozib olingan vebinarlar ePark.uz platformasiga joylashtiriladi.
Mustaqil ishlar qabuli ePark.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://cutt.ly/ezXP5Uu
2021-03-15