Yaqinda IT Park me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashning yagona Elektron tizimi – project.gov.uz ga kiritilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Project.gov.uz tizimi davlat organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini umumxalq muhokamasi va idoralararo tasdiqlash imkonini beradi.
Project.gov.uz tizimiga IT Parkʼning kiritilishi vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirishda IT-yechimlarni ilgari surish, hamda, IT-kompaniyalarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda axborot texnologiyalari sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etishda imkonini beradi.
Platformadagi IT Park’ga havola: https://project.gov.uz/oz/site/authority?id=13497
2022-01-28